
Har yili 19 sentyabr kunini oddiygina nishonlanmaydi. Chunki ushbu kun yuz
ifodamizni elektron ifodalovchi belgilar yani smayliklarning tug’ilgan kuni.
Birinchi bor 1982 yil 19 sentyabrda professor Mellona Skott Falman birinchi
marta uch belgidan iborat bo’lgan smaylikni foydalanish uchun taklif etdi.
Ushbu smaylik ikki nuqta, kichkina chiziqcha va yopiq qavsdan iborat edi. Bu
smaylik tabassum qilish holatini belgilab berar va ushbu smaylik qisqa vaqt
ichida ommalashdi. Proffesor maxalliy e'lonlarni masalan kunlik anjumanlarni
e'lon qilishda ham smayliklardan foydalanar va universitet xodimlari bilan
bo’lgan munosabatlarda asosiy qo’llanma
hisoblanar edi.Ushbu g’oya elektron lug’atga jiddiy to’ldirish bo’ldi. Smáylik
so’zi (ang. smiley - «tabassum qilish») yoki baxtli yuz ma'nosini bildiradi.
Odatda smaylik ko’rinishi sariq rangdagi aylana va ushbu aylananing ichida
ikkita nuqtacha bo’lib, bu belgi ko’zni bildiradi.Hozirgi kunda smayliklar hayotimizda katta o’rin egalladi. Chunki har
bir fikr ifodamizni o’tirgan joyimizda narigi tarafdagi yani suhbatlashayotgan
insonimizga bir birimizni ko’rmay turib ham yuz ifodamizni ushbu maxsus belgilar orqali bildirishimiz
mumkin.