SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Etnograf, tilshunos, eronshunos olim Andreyev Mixail tavallud topgan kun
1873-09-11

Andreyev Mixail Stepanovich (1873.11.9 – Toshkent- 1948.10.11) – etnograf, tilshunos, eronshunos olim. O’zbekiston FA akademigi (1943). Rossiya FA muxbir a’zosi (1929), O’zbekiston va Tojikistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1945, 1944). Toshkent gimnaziyasini, Turkiston o’qituvchilar seminariyasini tugatgan. Toshkentdagi Eshonquli dodho madrasasida o’qigan (1894). 1897 yil Mo’g’uliston va Sharqiy Turkiston ekspeditsiyalarida ishtirok etadi. 1918-20 yillarda Turkiston sharqshunoslik institutida sharqshunoslik fakul’teti dekani. 1927-47 yillarda dotsent, so’ngra professor. O’zbekiston FA Tarix va arxeologiya institutida etnografiya bo’limini boshqargan (1944-48). U O’rta Osiyo miqyosida O’tkazilgan bir qancha etnografik ekspeditsiyalarga rahbarlik qilgan. Asosiy ilmiy asarlarida Turkiston xalqlarining urf-odati, e’tiqodi, san’ati va dini yoritilgan. Sharqiy Eron tillarining tasnifiga oid asarlari ham bor.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan