Butunjaxon sog’liqni saqlash tashkiloti (BSST) (Vsemirnaya organizatsiya zdravo oxraneniya ) 3
mart kunini maxsus kun - Quloq va eshitish salomatligini ximoya
qilish kuni deb ta'sis
etildi va har yili 3 mart kuni Xalqaro quloq va eshitish
salomatligini ximoya qilish kuni deb nishonlanadi (International Day for Ear and
Hearing).Ushbu kunda dunyodagi barcha tibbiyot va volontyor tashkilotlari aholi orasida eshitish qobiliyati bilan bog’lik muammolar haqida tadbirlar o’tkazish rejalashtiradilar. BSST o’z navbatida, shu tashkilotdagi davlatlarga quloq kasalliklari va
eshitish muammolari bo’lgan insonlarga
tibbiy va kasallikni oldini olish bo’yicha yordam ko’rsatish milliy dasturni ishlab
chiqib amalga oshirishda ko’maklashadi. Bugungi kunda eshitish qobiliyatini yo’qotish kasalligi dunyoda keng tarqalgan sensor shakligidagi nogironlik
xisoblanadi.Ma'lumotlarga qaraganda, karlik va eshitish yo’qolganlik kasalligi bilan 275 million inson
xastalangan. Quloq kasalliklarini
asosiy sabablari quloq surunkali infeksiyasi va qator kasalliklar: qizilcha, qizamiq, tepki, meningit, yana dori vositalar ta'siri , atrof
muxit faktorlaridan biri shovqin. Shifokorlar ta'kidlashicha, bu kasalliklarni rivojlantiruvchi
sabablarini bartaraf etish yo’li bilan
kasalliklanganlarni yarmini
davolash mumkin. Oldini olish choralari;
axolining immunitetini ko’tarish, ona va bola salomatligini
ximoyalash, mexnat gigiyenasini ta'minlashdir.Shifokorlar ota-onalarga
maslaxatlar berib, farzandlarini nazorat qilib turish, quloqlariga iflos suvlar kirmaslik; quloqlarga urmaslik, quloqlarga har xil narsalar
tiqmaslik; ayrim belgilar
paydo bo’lganda kasalxonaga
murojaat qilishni tavfsiya qiladilar.