4 mart ( 2014 yilga) Fevral yoki mart oyining “Yog’li”seshanbasiga
to’g’ri kelgan bayram - Xalqaro quymoqlar kuni deb nishonlanadi
(International Pancake Day). Bayram AQShning Kanzas shtatida o’tkaziladi. Birinchi quymoqlar bayrami 1950 yilda bo’lib
o’tgan.Angliyaning Olbi shaxarchasida esa bu bayram 500 yil mobaynida o’tkazilib
kelmoqda. Ulug’ Ro’za kunlaridan birida
bir ayol quymoqlar pishirib turganda,
cherkov qo’ng’irog’i chalindi. Qo’rqib ketgan uy bekasi tavada pirilib
turgan quymoq bilan cherkovga yuguradi. Bu xodisa 1445 yili sodir bo’lgan. Quymoqli yugurush. Shaxar axolisi, shundan
buyon, xar yili, kuylak kiygan va fartuk taqqan ayollar quymoq solingan tovani ko’tarib, ma'lum bir masofada
yugurish musobaqasida qatnashadilar.
Bunday marosim Londondagi Westminster Schoolda xam o’tkaziladi - otning soch
tolasi qo’shilib pishirilgan quymoq,
ajralib ketmasligi uchun, tovadan tepaga otiladi, o’quvchilar kattaroq qismini
olishga xarakat qiladilar. Shunday qilib, Olbi va Liberale shaxarlarida xar yili ayollar tovada quymoqlarni aylantirib yugiradilar. Musobaqada yutganlar esa xurmat va
extiromga sazovor bo’ladilar. Yugirish vaqtida tovada qolgan quymoqlar tomoshabinlar tomonidan tanavvul qilinadi.