SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Xalqaro quloq va eshitish salomatligini ximoya qilish kuni.
0000-03-03

Butunjaxon  sog’likni saqlash tashkiloti (BSST) (Vsemirnaya organizatsiya zdravooxraneniya ) 3 mart kunini maxsus  kun - Quloq va eshitish  salomatligini ximoya qilish kuni deb ta'sis etildi va har yili 3 mart kuni Xalqaro quloq va eshitish  salomatligini ximoya qilish kuni deb nishonlanadi (International Day for Ear and Hearing).Ushbu kunda dunyodagi barcha tibbiyot va volontyor tashkilotlari aholi orasida eshitish qobiliyati bilan bog’lik  muammolar  xaqida tadbirlar o’tkazish rejalashtiradilar.  BSST o’z navbatida, shu tashkilotdagi davlatlarga  quloq kasalliklari va eshitish  muammolari bo’lgan  insonlarga  tibbiy va kasallikni oldini olish bo’yicha yordam ko’rsatish  milliy dasturni ishlab chiqib amalga oshirishda ko’maklashadi. Bugungi kunda eshitish qobiliyatini yo’qotish kasalligi dunyoda keng tarqalgan sensor shakligidagi nogironlik  xisoblanadi.Ma'lumotlarga qaraganda, karlik va eshitish  yo’qolganlik kasalligi bilan 275 million inson xastalangan. Quloq kasalliklarini asosiy sabablari quloq surunkali infeksiyasi va  qator kasalliklar: qizilcha, qizamiq, tepki, meningit,-yana dori vositalar ta'siri , atrof muxit faktorlaridan biri shovqin. Shifokorlar ta'kidlashicha, bu kasalliklarni rivojlantiruvchi sabablarini  bartaraf etish yo’li bilan  kasalliklanganlarni  yarmini davolash mumkin. Oldini olish choralari;  axolining immunitetini ko’tarish, ona va bola salomatligini  ximoyalash, mexnat gigiyenasini ta'minlashdir.Shifokorlar ota-onalarga maslaxatlar berib, farzandlarini nazorat qilib turish, quloqlariga iflos suvlar kirmaslik; quloqlarga urmaslik, quloqlarga xar xil narsalar tiqmaslik; ayrim belgilar paydo bo’lganda kasalxonaga murojaat qilishni tavfsiya qiladilar.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan