SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
O’zbekiston xalq artisti Ollanazarov Turesh tavallud topgan kun
1916-09-11

Ollanazarov Turesh (1916. 11.9, Qo’ng’irot) - rejissyor, teatrshunos, dramaturg, tarjimon. O’zbekiston xalq artisti (1963). Moskvadagi teatr san'ati instituti qoraqalpoq studiyasini  (1939), Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini (1951) tugatgan. Qoraqalpoq teatrida rejissyor (1939-47), bosh rejissyor (1951-59), O’zbekiston FA Qoraqlpog’iston bo’limining tarix, til va adabiyot institutida bo’lim mudiri (1959-66); 1968-74), katta ilmiy xodim (1983 yildan), Qoraqalpoq madaniyat vaziri (1966-68), Toshkent madaniyat institutida kafedra mudiri (1974-83). O’z ijodi bilan qoraqalpoq milliy teatri, rejissurasi va aktyorlik san'atini professional darajaga ko’targan. “Maysaraning ishi”, “Boy ila xizmatchi” (Hamza), “Alpomish” (N. Dovqorayev, J.Obidov bilan hamkorlikda), “Tengini topgan qiz” (A.O’tepov), “Og’riq tishlar” (Abdulla Qahhor), ”Vassa Jeleznova” (M. Gorkiy), “O’g’irlangan baxt” (I. Franko), “Tartyuf” (J.Molyer) kabi spektakllarni o’tkir ifodaviyligi bilan ajralib turadi. “Oshiq g’arib” (A. Begimov bilan hamkorlikda), “Ravshan” (J.Oymirzayev bilan hamkorlikda), “Aypbergen Musayev“, “Oydo’s bobo” kabi dramatik asarlar , “Qoraqalpoq teatri”  (1966),  “San'atimiz qaldirg’ochlari” (1969), “Qoraqalpoq Sovet dramaturgiyasi tarixi masalalariga doir”  (1987) va boshqa ilmiy asarlar muallifi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan