SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Xalqaro avtohalokat qurbonlarini xotirlash kuni
0000-11-16

2005 yil oktyabrda BMT Bosh Assambleyasining rezolyusiyasiga asosan, noyabrning uchinchi yakshanbasi "Xalqaro avtohalokat qurbonlarini xotirlash" kuni deb e'lon qilindi. Bu xalqaro voqea planetaning butun odamlari diqqatini quyidagi qayg'uli faktlarga qaratdi: butun dunyo bo'yicha yo'l-transporti hodisalari natijasida har kuni uch minglab odamlar o'ladi va 100minga yaqini jiddiy jarohat oladi. O'lganlar va jabrlanganlarning ko'p qismi yoshlardir. Bu kunni nishonlashdan asosiy maqsad, yo'l-transporti hodisalari natijasida halok bo'lganlarni xotirasini yodga olish, ularning oilasiga hamdardlik bildirish, bundan tashqari davlat rahbariyati va javobgar tashkilotlarni aholining yo'l-harakati xavfsizligini ta'minlashlarini eslatib qo'yishdan iboratdir. BMTning hisob-kitobiga ko'ra har yili yo'l-transporti hodisalari natijasida 1 mln 300 ming kishi hayotdan ko'z yumadi. Yana 20 mlndan 50 mlngacha odamlar turli darajadagi tan jarohati oladi. O'lim bilan tugallangan yo'l-transport hodisalarining 50% i yoshi bo'yicha 15 yoshdan 44 yoshgacha bo'lganlar tashkil qiladi. Avtohalokat sabablaridan asosiylari: tezlikni oshirish, alkogoldan foydalanish, texnik ko'rikdan o'tkazilmaganlik, haydovchi va yo'lovchilarni xavfsizligini ta'minlovchi qurilmalarning yo'qligi shular jumlasidandir.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan