Butunjahon morjlar kuni
2008-11-24

2008 yil 24 noyabrda yovvoyi tabiatning Butun dunyo fondi tashabbusiga ko'ra morjlar kuni ta'sis etildi. Bu hayvonlar planetamizning shimoliy yarim sharida yashovchi jonivorlardir. Bayram qilish kuni 24 noyabrga belgilanishi bejiz emas. Kuzning oxirgi kunlarida morjlar Chukotka dengizining arktika qirg'oqlarini tark etib, qishlashga Bering bo'g'oziga yo'l olishadi ko'chish vaqtida nozik va himoyaga muxtoj bo'lishadi. Tabiat himoyachilarining maqsadi, jamoatchilik diqqatini tinch okeani morjlari muammosiga qaratishdir. Ekologiya-asosiy muammo hisoblanadi. Klimatni o'zgarishi, yer sharini isib ketishi natijasida yerning muz qatlami maydoni shiddat bilan qisqarib bormoqda. Natijada morjlar muzlikdan quruqlikkka ko'chishga majbur. Yangi sohillarda morjlarning ommaviy yig'ilishi natijasida yosh morjlar nobud bo'ladi. Morjlar to'qnash keladigan ikkinchi muammo-odamlarni ular territoriyasiga tajovuz qilishidir. Muz okeanlaridagi uglevodorodlarning boy zapasini odamlar tomoniidan o'zlashtirilishi, qatnovning rivojlanishi-bularning hammasi morjlarning ommaviy qirilishiga olib kelmoqda va tabiat qo'riqchilarini tashvishga solmoqda. Bugungi kunda morj kuni Rossiyaning barcha arktik regionlarida nishonlanadi. Ularning aholisi vaqti kelib bu bayram ham Yo'lbars Kuni, Qorli qoplon Kuni kabi mashhur bo'lib ketishiga ishonishadi. O'z navbatida WWF vakillari odamlarni okeanning yovvoyi tabiatini saqlashdagi umumiy javobgarliklarini tez-tez eslab turishga va jonivorlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishga chaqiradi.