SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Amerika Qo'shma Shtatlarda do'stlar kuni
0000-11-24

Amerika Qo'shma Shtatlarda bu bayram Deyli Karnegining tug'ilgan kuni -24 noyabrda nishonlanadi. Do'stlar kuni so'zma-so'z tarjima qilinsa, do'stlar ko'nglini zabt etish, odamlarga e'tiborli bo'lish. Deyl Karnegi (24 noyabr 1888-1955) “Qanday qilib do'stlar orttirish mumkin va odamlarga qanday ta'sir ko'rsatish mumkin” nomli kitobning avtori. 1936 yilda birinchi marta bosilib chiqqan bu kitob birdaniga bozorda sotilib ketdi, hozirgi kunlarda ham kitobxonlar tomonidan yaxshi qabul qilinyapdi. Deyl Karnegi Missuri shtatidagi Merivill fermasida tug'ilgan. Oilasi juda kambag'allikda yashagan bo'lsa-da, u Uorrensburgdagi Davlat pedagogik Kollejiga kira oldi va yaxshigina ta'lim oldi. Deyl Karnegi biror namunali ish qilib, o'zini ko'rsatish imkonini qidiradi. Studentlik munozaralarida notiqlik qobiliyatini rivojlantirib, bir qancha samarali munosabat, samarali aloqa yo'llarini topdi va o'zining kitoblarida bularni ko'rsatib o'tdi. Do'stlar kunida Amerikaning kitob do'konlarida Karnegining kitoblari eng ko'rinarli joyga qo'yiladi va hammasi sotilib ketadi. Universitetlarda, maktablarda,yoshlarga munosabatlarda “o'zligini topish”, jamoatchilikka kirishda aloqalarni qanday qurish kerakligi haqida leksiyalar, seminarlar, har-xil munozaralar o'tkaziladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan