SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
Angliyalik Tomas Kuk dunyoda ilk bor sayohat agentligini tashkil etdi
1841-07-05

Ilk bor Tomas Kuk tashabbusi bilan temiryo’l kompaniyasi “Midland Countries Railway” tomonidan  Leyster va Lafboro shaharlariga maxsus sayohatlar uyushtirildi.  Keyinroq reklama maqsadida Tomas Kuk sayohatlarining qiziqarli, ajoyib ma’lumotlarga to’la ajralib turganligi uchun hamda sayohatchilarning ko’payib borayotganligi sababli temiryo’l Tomas Kukga chegirmalar qildi. Tomas Kuk o’ziga to’q sayohatchilardan tortib oddiy, moddiy tomondan qiynalgan insonlar uchun ham maxsus sayohatlar uyushtirardi.  Bu ham albatta ommani sayohatga , turizmga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishga yordam berdi.  Asta asta sayohatchilarning soni yuzlab emas, minglab osha bordi.  Uning sayohatdan asosiy maqsadi “ O’rta narxda yuqori rag’batlar ostida yuqori sayyohlar sonini ko’paytirish” bo’lgan. O’sha paytlarda turizm sohasining rivojlanayotgan davrlarda Tomas Kukning ushbu maqsadi hamma uchun ma’qul bo’lgan edi. Tez orada sayohatlar qatnovi tezlasha bordi. 1850 yildan esa bir qator yevropa shaharlariga ham sayohatlar uyushtirilishi kengaya bordi. Sayohatlarni maxsus uyushtirish maqsadida Tomas Kuk “Tomas va o’gli” deb nomlangan yangi sayohat agentligini ochdi. Agentlikning birinchi amerikalik haridori Mark Tven bo’lgan. Sayohat agentligi tez orada butun dunyoni zabd etdi va mashhurlikni qo’lga kiritdi.  Tomas Kuk “Sayohat yaratuvchisi” deya tan olingan. 5, 10 yildan so’ng esa “Tomas va o’g’li” firmasi 84 ta bo’limga, 85 ta agentliklarga ega bo’lgan, eng asosiysi 3 milliondan ortiq haridorlarga ega edi. Eslatib o’tamiz , 27 sentyabr kuni butunjahon  Turizm kuni nishonlanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan