SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Rus kompozitori, pedagog Arapov Boris tavallud topgan kun
1905-09-12

Arapov Boris Aleksandrovich (1905.12.9, Peterburg – 1992.28.1) – rus kompozitori, pedagog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944). 1930 yildan Leningrad konservatoriyasida kompozitsiyadan dars bergan, professor (1948). Leningrad konservatoriyasi bilan 1941 – 44 yillarda Toshkentda avakuatsiyada bo’lgan. Sharq mavzulari va kuylariga izchil murojaat etgan. “Nasriddin Buxoroda” musiqali komediyasi (G’.G’ulom va V.Vitkovich bilan hamkorlikda, 1943; Yangiyo’l teatri), “Jaloliddin Xorazmiy” oratoriyasi (A. Kozlovskiy bilan, 1944) va boshqa asarlari bilan o’zbek musiqasiga hissa qo’shgan. Opera va baletlar, 6 simfoniya, orkestr uchun konsert, “Rus syuitasi”, skripka va orkestr uchun 2ta konsert, qator vokal-simfonik, kamer-vokal va cholg’u asarlar, kinofil’mlarga musiqalar yozgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan