SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
8911121314
15161718192021
22232425262728
293031    
To’tiqushlar festivali kun
0000-05-02

To’tiqushlar festivali may oyining birinchi dam olish kuni Verxniy Garonnda juma kunidan boshlab o’tkaziladi va unda o’rta asrlar libosida kiyingan 40 ta kamonchilar yig’ilishadi. Ular 45 metrli xodaga qadalgan 7 klogramli to’tiqushga kamondan oq uzishlari kerak. Agar mergan qushni urib tushirsa, u bayramning qiroli hisoblangan. Musobaqa g’oliblariga unvonlar, to’tiqushning kumushdan yasalgan sovrini bilan mukofotlangan va ularga shohona bazm uyushtirilgan. Bu festival o’sha davrda butun Yevropa bo’yicha tarqalgan bayram hisoblangan. Merganlar vatani Flandriya bo’lgan. Shaharliklarning ajoyib qurollaridan arbalet (kamonga o’xshash qadimiy qurol) bo’lib qoldi. Bu qurol ishlatishda kam vaqt ketgan va ritsarlar tili bilan aytganda,  merganlik musobaqalari to’tiqushlar bazmi deb atalgan. Nima uchun to’tiqushlar? Chunki to’tiqushlar nemis xalqining sevimli qushi bo’lgan.  To’tiqushlar nemis harbiylari bilan butun dunyoni kezib chiqqan. Bahorning iliq kunlarida  shaharning ko’chalarida bayramona shovqin - suron ko’tariladi. Marosimni boshida oldingi musobaqalarning g’oliblari yurib borishgan. Xizmatkorlar tantana sababchisini rang-barang chiroyli liboslarga kiyintirib, ko’tarib borishgan. Bugungi zamonaviy bayram o’rta asr davrdagidan kam farqlanadi. Tirik to’tiqushlar o’rniga paralondan yasalgan maketga o’q uziladi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan