SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
O‘zbekiston xalq artisti Sodiqov Zohid tavallud topgan kun
1910-01-01

Sodiqov Zohid (1910.1.1, Toshkent – 1962.12.4, Samarqand) – O‘zbekiston xalq artisti (1950). Ijodini 1924-34 yillar Toshkent ishchi-yoshlar teatrida drama va musiqali drama spektakllarida rollar ijro etish bilan boshlagan. 1934 yildan H. Olimjon nomidagi musiqali drama teatrida faoliyat ko‘rsatgan. Ne’mat (“Halima”), Farhod (“Farhod va Shirin”), Qodir (“Gulsara”), Tohir (“Tohir va Zuhra”), Qosim (“Besh so‘mlik kelin”), Mardon (“Davron ota”), Shoh Bahrom (“Dilorom”) kabi obrazlarni musiqali dramalarda yaratgan. Dramatik spektakllarda Rustam (“Rustam”), Arslon (“Tor-mor”), Kalaf (“Malikai Turandot”),  G‘ulom (“Nomus va muhabbat”), G‘ofir (“Boy ila xizmatchi”), Majididdin (“Alisher Navoiy”), Muqimiy (“Mavlono Muqimiy”), Montaro (“Otello”) kabi rollarni ijro etgan.

 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2004.

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan