SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Dramaturg Knut Gamsun tavallud topgan kun
1859-08-04

Knut Gamsun 1859 yil 4 avgust kuni Markaziy Norvegiyaning qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan Gudbranedalen vodiysidagi Loma Qo‘rg‘onida tavallud topgan. Uning asl familiyasi Pederson bo‘lgan. Peder Pederson va Tora Oldedatterlar Knut uch yoshga to‘lguniga qadar Garmutretdagi kichkina qishloqda yashashgan. 1862 yilda onasi tomonidan qarindosh Bo‘lgan Xans Olsenga tegishli fermani ijaraga  olib, nurlandagi Xamara shaharchasiga ko‘chib o‘tishgan. Shu tariqa yosh Gamsun keyingi olti yillik bolaligini osoyishta hayotda o‘tkazadi: mol boqadi, Norvegiya ko‘rfazlari va qorli tog‘ cho‘qqilari bag‘rida o‘ynab-kulib yashaydi. Ammo tez orada oila Olsening qarz tuzog‘iga tushib qoladi va to‘qqiz yashar Knut jahildor tog‘asining qo‘lida ishlashga majbur bo‘ladi, u bolani ko‘p kaltaklar va yeyishga ovqat bermay qiynardi. Bunday qiynoqlarga chiday olmagach, bolakay 1873 yilda Lom shahriga qochib ketishga majbur bo‘ladi va oradan bir yil o‘tib, Xamaradagi do‘konda ishlay boshlaydi, keyin esa  Buda  shahridagi etikdo‘zga shogirdlikka tushadi. Aynan mana shu yerda uning birinchi asari –“Jumboqli kishi” qissasi paydo bo‘lgan. Asar nashr etilganda Gamsun 18 yoshda edi. Keyingi yili Knut Vesterolendagi maktabga o‘qituvchi sifatida ishga joylashadi, birozdan so‘ng esa sud sherifining yordamchisiga aylanadi. Sherif kutubxonasida bo‘lajak yozuvchi Byorneterne Byornson, Genrik Ibsen va skandinaviyalik boshqa yozuvchilarning asarlarini kashf etish imkoniga ega bo‘ladi. Shu davirda adibning “Berger romani paydo bo‘ladi, Unda muallif Berger isimli kishining og‘ir o‘tmishi haqida hikoya qiladi. Knut 1878 yilda bir savdogarning mablag‘i hisobidan xristianioga, ya’ni hozirgi  Osloga  yo‘l  oladi, biroq ijoddan keladigan mablag‘lar evaziga o‘zini boqa olmay jamg‘armalarini ham sarflab, qashoqlikda kun kechirishga majbur bo‘lgach, Sharqiy Norvegiyada yo‘l ishchisi bo‘lib io‘ga joylashadi. 1882 yilda norvegiyalik bir gruh muhojirlarining tavsiyasi bilan AQShga borgan Knutning bu ulkan mamlakatdagi tanish-bilishlari yetarli quvvatga  ega emasligi bois dastlab Viskonsin shtatida batraklik qiladi, keyin  Minnesotedagi norveg voizning kotibi bo‘lib ishlaydi. Shu yerda Knut jiddiy kasallikka chalinadi. Shifokorlar unga sil xastaligi tashhisini qo‘yishadi va oqibatda bo‘lajak yozuvchi vataniga qayitishga majbur bo‘ladi. Gamsun Osloga qayitib kelganida kasallikning barcha alomatlari o‘tib ketgan. Aslida u bronxitga chalinganligi ma’lum bo‘ladi. Birmudat Valdersda yashab, Mark Tven haqidagi ishini yozadi va Knut Gamsund taxallusi bilan e’lon qiladi. Imloviy xato tufayli so‘ngi –“D harfi tushib qolgan. Osloda u yozuvchi sifatida o‘z o‘rnini topa olmagach, yana zo‘r-bazo‘r kun kechirishga majbur bo‘ladi. 1886 yilda Gamsun yana AQShga boradi. Chikagoda dastlab tramvayda chipta sotuvchilik qiladi, yozga kelib esa Janubiy Dakotiya bug‘doyzorlarida ishlaydi. O‘zining ijodiy ishlaridan ko‘ngli to‘lmay Yevropaga qaytib kelgan adib boshlab qo‘ygan qissasining qo‘lyozmasini o‘sha paytda noshirlik ishining markazi bo‘lgan Kopengagenda nufuzli daniyalik adabiy  tanqidchi Georg Brandesning ukasi Edvardga ko‘rsatadi. Har ikki Brandeslar Gamsuning holdan toygan ahvolidan va u olib kelgan qo‘lyozmadan  birdek ta’sirlanishadi.  Knutning asari shu yilning adog‘iga kelib Daniyada chiqadigan adabiy jurnallardan birida, 1890 yilda esa to‘laligicha “Ochlik” nomi bilan bosmadan chiqqan. Qissa zudlik bilan aks-sado beradi  Gamsun jiddiy yozuvchi sifatida e’tirof qozonadi. Mazkur asarda yozuvchi o‘sha paytda skandinaviya adabiyotida rasm bo‘lgan fosh etuvchi realizm an’analariga rioya qilmaydi va adabiyotning vazifasi insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishdir. Degan shu davirda hukmron bo‘lgan g‘oyani inkor etadi. Qissada aniq mundarija yo‘q, qishloqdan kelib oslonda yashaydigan qahramon yozuvchi bo‘lishni orzu qiladi. O‘zining daholigiga mutlaqo ishonchi komil bo‘lgan yigit nafsoniyatidan kechishdan ko‘ra qashshoqlikda  kun ko‘rishni afzal biladi. Bu dostoyevskiy qahramonlariga  xos obraz, - deya xulosa qiladi Aloik Gustavson, ham ruhan, ham jisman bemor bo‘lgan bu shaxs ochlik azobini boshidan o‘tkazib, ichki hayotini batamom gallyusinatsiyaga aylantiradi. Adibning tarjimonlaridan biri bo‘lgan amerikalik shoir Robert Blay “Gamsun rozasi jonligi va o‘tkirligi bilan barchani hayratga soladi”, deb yozgan edi. Kitob lo‘nda va ixcham iboratlarga boy edi. Adib o‘zining navbatdagi “Misteriya” romanida dengiz bo‘yidagi qishloqchada paydo bo‘lgan bir lo‘ttibozning bu yerdagi odamlarni g‘alati qiliqlaribilan hayratga solishi haqida hikoya qiladi. 1894 yilda chiqqan  “Pan” romani Nurlan yaqinidagi provinsial shaharchada zamonaviy yashashdan voz kechib baliqchi va ovchilar hayoti bilan kun ko‘rishni ma’qul topgan Tomas glanning xotiralari shaklida yaratilgan. Tabiatni nihoyatda ko‘tarinkilik bilan tasvirlar ekan. Muallif va uning qahramoni hayolan va ruhan o‘zlarini nurlanda deb o‘zlarini nurlanda deb hisoblashadi. Glaning mahalliy savdogarning erkatoy va birovning istagini hisobga olmay o‘rgangan qiziq bo‘lgan otashin ehtirosini uning qalbiga hissiy xavas paydo qiladi va bu, oxir-oqibatda, qaxramoning o‘ziga suiqasd qilishiga olib keladi. Gamsun romanavis  sifatida e’tirof qozongani holda ko‘pgina she’riy asarlar, dramalarning ham muallifi edi. 1895 yildan 1898 yilgacha bo‘lgan davirda uning faylasuf kishining taqdiri haqidagi dramatik trilogiyasi paydo bo‘ladi. Mazkur “uchlik”ka “Podshoh darvozasi oldida”, “Hayot dramasi” hamda “Kechki shafaq” pesalari kirgan. Tanqidchilarning yakdil xulosalariga ko‘ra, Gamsun o‘z sahna asarlarida qahramonlar xarakterini romanlardagi  chuqur tasvirlay bilmagan. Aksariyat  she’riy asarlarini hali bosmaga berilmasidan yo‘q qilib tashlagan Gamsunning  “Yovvoyi xor” she’riy to‘plami tanqidchilar tomonidan uning nasrdagi asarlaridan qolishmaydigan darajada degan etirofiga erishgan. Gamsuning 1911 yilda fermaga ko‘chib ketishi uning jamiyatdan uzoqlashishi va Ayniqsa, birinchi jahon urushi bilan bog‘liq voqealar, sanoatlashtirishni qabul qila olmasligi bilan sug‘orilgan. Asarda norvegiyalik ikki dehqon  -Isak va Ingerning asrlar o'sha yer bilan bog‘liqligi va patriarxal an’analarga sadoqati katta mehr bilan bayon etiladi. Shvetsiya  akademiyasi aynan “Zamin sharbatlari”dek monumental asari uchun” Knut Gamsunni adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlashga qaror qiladi. Xarald Yerne o‘zining tabrik so‘zida “Kimki adabiyotda inson qayerda bo‘lmasin va va qerda mehnat qilmasin,  har qanday odam qanday yashashi haqidagi haqqoniy hikoyani izlar ekan, uni “zamin sharbatlari”dan topadi degan edi. Olim romanni hatto Gesiodning didaktik dostonlariga tenglashtirdi. Mukofotga sazovor bo‘lganidan bir yil o‘tib, Gamsun Janubiy Norvegiyaning Nerxolm shahridan hovli sotib oladi. Bu yerda u ham adabiyot, ham dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. 1920 yilda uning “Quduq  oldidagi ayol” romani olam yuzini  ko‘radi. Asar zamonaviy hayotning yolg‘on yashiq qadriyatlari bilan zararlangan dengiz bo‘yidagi kichik qishloqning hayotidagi so‘nib borish jarayonini aks ettirgan. Keyingi “So‘ngi bob" romani qishloq sanatoriyasi haqidagi g'amgin asardir. Kitoblariga nisbatan salbiy munosabatlar bilan bog‘liq depressiyani boshidan o‘tkazar ekan, adib ruhiy kasalxonada davolanib chiqadi va “Daydilar, “Avgust” hamda “Hayot esa davom etadi” asarlaridan iborat trilogiyani kitobxonlar hukmiga havola qiladi. Ushbu polotnodagi asosiy qahramon Avgust ismli kishidir. Garchi bu asarlarda Gamsun ijtimoiy xo‘rlik mavzusiga murojat qilgan bo‘lsada, Avgustning zaifligi tuzatib bo‘lmas darajada edi. Gamsunning so‘ngi romani “Tugayotgan umr”da inson hayotining mantiqchizligi, orzularining ushalmasligi haqida fikr yuritiladi. Yozuvchi keksaygani sayin reaksion xarakterga ega bo‘lib boradi, hatto 1934 yilda ochiqdan – ochiq nasistlarni qo‘llab–quvatlaydi ham. Garchi rasman nasistlar partiyasiga a’zo bo‘lib kirmasa-da, Norvegiya nemislar qamalidaligi davrida ularning g‘oyalarini yoqlab maqolalar yozadi. 1943 yilda esa Germaniyada Gebbels bilan ushrashadi. Minglab kitobxonlar bundan norozi bo‘lib, uning asarlarini o‘ziga qaytarib berishadi. Urush tugagach, uni xotini bilan qamoqqa olishadi. 1945 yilning kuzida yozuvchini ruxiy kasalxonaga yotqizishadi,  oradan to‘rt oy o‘tgach, qariyalar uyiga yuborishadi. 1947 yilda u dushman bilan til topishishda ayiblanadi. Sud uni o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha 80 ming dollar atrofida jarimaga tortadi. Gamsun 1949 yilda navbatdagi  “O‘t bosgan so‘qmoqlar” asarini e’lon qilar ekan, unda ayni o‘sha sud mahkamasi jarayonini qalamga oladi. Robert Blayning ta’rifiga ko‘ra, kitob yozuvchining “Jonliyu ixcham va yorqin “asar yaratganidan dalolat bersa-da, bu shak-shubhasiz. Adibning urush  vaqdidagi  ishlarini oqlay olmaydi. Shaxsiy hayoti haqida gap ketar ekan, Knutning 1898 yilda Berglyut Bex bilan nikohini ta’kidlash lozim. Ularning bir qizi bo‘lgan. 1906 yilda oila buziladi va yozuvchi aktrisa Mariya Andersenga o‘ylangan. O‘rtadagi serg‘alva kunlarni hisobga olmaganda, ular adib umrining oxirigacha birga yashashadi. Knut Gamsun 1952 yilning 19 fevral kuni hayotdan ko‘z yumadi. Aksariyat tanqidchilar Gamsunni subyektivligi uzoq–yuluq iboralari, lirikasi, harakatlar ketma-ketligini buzishi kabi o‘ziga xosliklari bilan zamonaviy nasrning asoschilaridan biri sifatida tan oladi. “Bugungi kunda Ibven va Unsetlarni  hisobga olmaganda, Gamsun jahon  adabiyoti klassigi bo‘lgan yagona norveg adibidir”, deya baho beradi Xarald Ness.

                                                                                                                                           Ma'lumot: Nobel mukofoti sovrindorlari. Toshkent. 2011.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan