SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
Londonning Vesministr Abbeyida qirolicha Yelizaveta II ga toj kiydirish marosimi bo’lib o’tdi
1953-06-02

1953 yilning 2 iyunida Londonning Vesministr Abbeyida qirolicha Yelizaveta II ga toj kiydirish marosimi bo’lib o’tdi. Hukumat tepasiga kelgan qirolicha bosh vazir lavozimiga saylovlar orqali o’ziga vazir tayinladi. Bosh vazir ko’pgina partiyalarning rahbari hisoblanib, parlamentning quyi palatasida faoliyat ko’rsatadi. Qirolicha bosh vazir bilan har haftada muloqot o’tkazib, birgalikda jamoat ishlarini muhokama qilishi lozim edi. Qirolichaning jamiyatdagi asosiy roli - turli darajadagi davlat marosimlarida ishtirok etish, boshqa mamlakatlarga tashrif buyurish va birlashgan qirollikni tanishtirishdan iborat edi. Yelizaveta II Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligining qirolichasi edi. U otasi qirol Jorj vafotidan so’ng 1952 yilda qirolicha, deb e'lon qilindi. Yelizaveta Aleksandra Meri 1926 yilning 21 aprelida Londonda tavallud topdi. 1936 yil qirol Edvard VIII amerikalik beva ayolga uylanish maqsadida taxtni tashlab ketgach, Yelizavetaning otasi mamlakatni o’z qo’liga oldi. Bu voqea 10 yoshli Yelizavetaning hayotini butunlay o’zgartirib yubordi. Oilada o’g’il farzand yo’qligi sababli u yagona taxt vorisi sanalardi. Qirolicha ba'zi marosimlarni chetga surib qo’yib, rasmiy jihatdan xalq bilan uchrashuvlarga chiqib ketishi ham mumkin. U Bekenxem saroyida turli kasb egalari uyushtirgan ziyofatlarga ham tashrif buyurib turadi. Qirolicha hukmronligi ostida yashagan mustaqil davlatlar federatsiyasi faoliyatida biror-bir kuchga ega emas. U asosan tarixiy udumlar ramzi sifatida xizmat qiladi. Qirolicha Yelizaveta II ning hayotda orttirgan eng katta boyligi  - bu uning to’rt nafar farzandi bo’ldi. Ular shahzoda Charlz (1948 y.), En (1950), Endryu (1960) va shahzoda Edvard (1964)lardir. Farzandlari yaxshi tarbiya topib voyaga yetishdi. Qirolicha ular yaxshi tarbiya topganidan rozi bo’ldi. Shuning o’zi esa ayol kishi uchun eng katta mukofotdir.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan