SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
161718192021
22232425262728
293031    
Ilk bor Uolt Disney kompaniyasi tomonidan “Bembi” multfilmi ekranga chiqdi
1942-08-09

“Bembi” multfilmi 1923 yil Avstriyaliyalik yozuvchi Feliks Zaltenning hikoyasi asosida Uolt Disney kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan. Ham kitob, ham film asosida yaratilgan ushbu multfilmda kiyikning ajoyib bolaligi va yoshligi, uning ota –onasi, otasi bo’lmish buyuk o’rmon shoxi, bundan tashqari rahmdil, yaxshilik ayamaydigan do’stlar va yovuz dushmanlar haqida hikoya qilinadi. Disney ushbu multfilm ustida 1936 yildan ishlay boshlagan, biroq ishlab chiqarishda qiyinchiliklarga uchraganligi sababli 1942 yilda nihoyalangan.  Ushbu multfilmni tayyorlash jarayonida uning ustida ishlayotgan rassom va animatorlar hayvonlarning harakatini, o’zlarini tutishni o’rganishga to’g’ri keldi. Buning uchun Disneyga o’rmondan 2 ta  4 oyli kiyik bolasini olib kelishdi. Tez orada studiya hayvonot bog’iga aylanishga ulgurdi. Olmaxon, qushlar, quyonchalar, burunduklar, ukkilar va boshqa o’rmon hayvonlari bor edi. Multfilm ishlash jarayonida 4 milliondan ortiq rasmlar tayyorlandi. Multfilm taqdimoti 1942 yil avgust oyida Londonda, 4 kundan so’ng Nyu-Yorkda taqdimoti bo’ldi.  “Bembi” multfilmi 3 yo’nalish,  ya’ni, “eng yaxshi qo’shiq”, “eng yaxshi musiqa” va “eng yaxshi ovoz” bo’yicha “Oskar” taqdimotiga nomzod bo’lgan, lekin afsuski biror o’ringa ega bo’lmadi. Taqdimot qilingan yilda multfilm o’zini oqlay olmadi, lekin qayta qayta ekranlarda qo’yilishi oqibatida ommani qiziqishini qozondi. 1948 yilda multfilm “Oltin Globus” taqdimotini qo’lga kiritdi. “Bembi” Uolt Disney kompaniyasining eng yaxshi, omadli multfilmiga aylandi. 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan