SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
O'zbekiston xalq artisti Qizlarxon Kamolovna Do'stmuhamedova tavallud topgan kun
1946-11-25

Qizlarxon Do'stmuhamedova Kamolovna 1946 yil 25-noyabr tug'ilga kun – raqqosa. O'zbekiston xalq artisti (1984). Toshkentda tug'ilgan Toshkent davlat san'at institutini tugatgan (1977). 1965-1972 va 1982-1988 yilar “Shodlik” ashula va raqs ansamblida raqqosa bo'lib ishlagan. ”Go'zal” ansambli tashkilotchilaridan va yetakchi raqqosalaridan (1972-1981). 1988 yildan Toshkent davlat madaniyat institutida pedagog. Do'stmuhamedova lirik raqqosa, raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. “Go'zal”, “Tong malikasi”, “Go'zal tong”, “Intizor”, “Buxoro yulduzi”, “Sevgi taronasi”, “Nozli” kabi zamonaviy, shuningdek, “Munojot”, “Tanavor”, “Mo'g'ulchai segoh”, “Qorako'zim”, “Guluzorim”, “Savti miskin” va bilan mumtoz raqslari mashhur. “Shashmaqom” telefilmida qatnashgan (19720, “Tanavor” raqs ansambli (Sietl, AQSh)da o'zbek raqslarini sahnalashtirgan. AQSh Liviya, Fransiya, Germaniya, Tunis va bilan mamlakatlarda gastrolda bo'lgan. Do'stmuhamedova ijodiga bag'ishlab “Nafosat guldastasi” nomli film ishlangan (1985). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (2000).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan