SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Avstriyalik yozuvchi Sveyg Stefan tavallud topgan kun
1881-11-28

Sveyg Stefan 1881 yil 28 noyabrda Vena shahrida tug'ilgan. Avstriyalik yozuvchi. Vena va Berlin unversitetlarida o'qigan. 1-jahon urushi yillarida Avstriya harbiy vazirligi arxivida xizmat qilgan va urushga qarshi maqolalar yozgan. Dastlab Zalsburgda, keyin London (1934 yildan), Nyu-York (1940 yildan), Petropolisda yashagan. “Kumush torlar “(1901) she'riy va “Erika Evald muhabbati” (1904) nasriy to'plamlarida fransuz simvalistlari ta'siri seziladi. ”Ilk kechinmalar” (1911), “Amok” (1922), Tuyg'ular to'lqini”  (1927) hikoyalar to'plamlarida Sveyg inson ruhiyatining sirli tomonlarini, shaxsiy hayotining ziddiyatli manzaralarini tasvirlashga uringan. “Mendel–nodir kitoblar sotuvchisi” (1929), “Yangi ixtisoslik bilan daf'atan tanishuv” (1936) kabi hikoyalari bor. Sveyg ijodida biografik roman, esse va ocherklar, ayniqsa, katta badiiy qimmatga ega. Uning L.N. Tolstoy, A. Stendal, Z. Freyd, F. Nisshe va boshqalarga bag'ishlangan biografik asarlarida davr ruhi, ijodning shirin va azobli daqiqalari, tasvir etilgan ijodkorning ruhiy va ma'naviy olami yorqin mujassamlantirilgan. Sveygning “Jahon bunyodkorlari” (1920-28) turkumiga kirgan esselari orasida F.M. Dostoevskiy, Ch. Dikkens, R. Rollan va boshqalar yozuvchilarga bag'ishlanganlari alohida e'tiborga sazovor, “Balzak” (1946) asari jahon adabiyotidagi biografik roman janrining eng yaxshi namunalaridan. Siyosat, Sveyg nazarida, g'irrom o'yindan iborat. Shuning uchun u o'z ijodida davrning siyosiy masalalarini chetlab o'tib, siyosiy o'ninlar tegirmoniga tushib qolgan ojiz kishilarga xayrixohlik bilan qaragan “(Mariya Antuanetta”, 1932; “Mariya Styuart”, 1935). Sveyg garchand mashhur tarixiy siymolar haqida “Magellan” (1938) va “Amerigo” (1942) singari romanlar yaratgan bo'lsa ham, u, birinchi navbatda, 19-20-asrlarda yashagan I. V. Gyote, T. Mann, B. Shou kabi siymolar haqidagi badiiylashgan asarlari bilan jahon adabiyotida biografik roman, esse va ocherk janrlarining shakllanishiga muhim hissa qo'shdi. “Noma'lum ayol maktubi” hikoyasi, "Kuygan ko'ngil faryodi“ hikoyalar to'plami o'zbek tiliga tarjima qilingan. Sveyg Stefan 1942 yil 22-fevral Petropolis vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan