SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930    
O'zbekiston tarixi davlat muzeyi yo'lko'rsatkichi chop etilgan kun
0000-03-01

1-mart kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi birinchi marta ekspozitsiya uchun yo‘l ko‘rsatuvchi qo‘llanma nashr ettirdi. Qo‘llanma uchta alohida kitob shaklida - o‘zbek, ingliz va rus tillarida 3 000 dan ortiq nusxada chop etildi. Yo‘lko‘rsatkich O‘zbekiston hududida asosiy tarixiy davrlar haqida hikoya qiluvchi yetti bo‘limdan iborat: tosh va bronza davrlari, eramizning boshlanishi va davlatlarning vujudga kelishi, birinchi davlatlar tuzilishi, IX-XII asrlarda fan va madaniyat rivojlanishi, Temuriylar davri renessansi (XIV-XV asrlar), XIX-XX asrlarda mamlakatimiz va mustaqil O‘zbekiston davri. Tashrif buyuruvchilar guruhi 3-5 kishidan ko‘p bo‘lmaganda muzeyga ekskursiya qilishda gid o‘rnini yo‘l ko‘rsatuvchi qo‘llanma to‘liq egallashi mumkin, deydi muzeyning ilmiy xodimi Larisa Levteyeva. Qulay shaklga ega bo‘lgan kitob qadimiy davrlardan bugungi kungacha bo‘lgan voqealarni ketma-ketlik bilan hikoya qiladi. Yorqin suratlar kitobda yozilgan voqealarni yaxshiroq tasavvur qilishga yordam beradi. Qo‘llanmani muzey kioskalaridan sotib olish mumkin. Ta’kidlash joiz, hozirgi kunda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi fondida 270 ming arxeologiya, numizmatika, etnografiyaga oid buyumlar, moddiy yodgorliklar, o‘n minglab fotografiyalar va yangi va eng yangi davrlar tarixi bo‘yicha hujjatlar mavjud. Muzeyda siyosiy arboblar, olimlar, madaniyat va san’at arboblarining shaxsiy hujjat va buyumlari saqlanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan