SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi rivojlanishga xizmat qilgan kun
2008-03-03

Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 15 iyulda qabul qilingan «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida shu yilning 3 mart kunlari poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz»da Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar III respublika yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining ijro apparati rahbari Majit Karimov O‘zA muxbiriga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlarida ushbu an’anaviy yarmarka qanday o‘rin tutishi va joriy yilda mazkur yarmarka oldida turgan vazifalari. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion yoli ham ishlab chiqarishga, ham ilmiy faoliyatga nisbatan yondashuvni tubdan ozgartirishni taqozo etdi, - deydi M.Karimov. - Masalan, jahon bozorlarida raqobat tobora oshib borayotgan hozirgi sharoitda xojalik yurituvchilar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining sifatini oshirish va tannarxini pasaytirish, buning uchun yanada takomillashtirilgan texnologiyalardan foydalanishga doimo etibor qaratishi lozim. Olimlar va konstruktorlar esa o‘z faoliyatini birinchi navbatda iqtisodiyotning real sektori ehtiyojlariga qaratishi, o‘z mehnati natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishi kerak. Biroq, ilgari ishlab chiqarish va ilm-fan bir-biriga bevosita bog‘liq emas edi, shu bois yangi uskuna va texnologiyalar ko‘pincha chetdan sotib olinardi. Holbuki, mamlakatimiz ilmiy laboratoriyalari, tajriba-konstruktorlik tashkilotlarida xorijnikidan qolishmaydigan, ba’zida o‘z xususiyatlari bo‘yicha ulardan ustun turadigan texnologik yangiliklar yaratilmoqda.O‘zbek ilm-fanining yuqori salohiyati butun dunyoga mashhur. Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun o‘zbek ilm-fani davlatimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi tufayli barcha zarur resurs va imkoniyatlarga ega. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Inqirozga qarshi choralar dasturining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda mamlakatimizda ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion aloqalarni mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Har yili o‘tkazib kelinayotgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi ilm-fan va innovatsion faoliyat natijalarini joriy etishni rag‘batlantirish, uning samaradorligini oshirish borasida amaliy mexanizm bo‘lib xizmat qilmoqda. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan