SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
“Nyu-York Tayms” gazetasi 161 yillik xatosini to‘g‘irlagan kun
1853-03-04

Amerikaning The New York Times gazetasi bundan 161 yil muqaddam chop etilgan materialda xato o‘tib ketganligini tan oldi. “O‘g‘irlash voqeasi. Solomon Nortupning yo‘qolish va topilish tarixi” (“The Kidnapping Case. Narrative of the Seizure and Recovery of Solomon Northup”) maqolasi matnida noaniqliklar mavjud bo‘lganligi nashr saytida 4-mart kuni bu haqda ma’lum qilindi.Solomon Nortupning xotiralar kitobi oradan 160 yil vaqt o‘tgach, “Qullikning 12 yili” filmiga asos bo‘lib xizmat qildi va bu kartina 2013-yilning eng yaxshi filmi sifatida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.Jumladan, saytdagi xabarda shunday deyiladi: “1853-yil 20-yanvar sonida chop etilgan Solomon Nortup haqida hikoya qiluvchi maqolada uning ismi-sharifi noto‘g‘ri yozilgan”. New York Times xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda maqolaning sarlavhasida bosh qahramonning familiyasi “Northrup” tarzida, matnning bir nechta joyida esa “Northrop” shaklida xato yozilgan. Aslida esa uning familiyasi ikkinchi bo‘g‘inda “r” harfisiz – “Northup” ko‘rinishida yoziladi.Materialdagi xatoni ilk bora Rebekka Sklut ismli Twitter foydalanuvchisi payqab qolib, bu haqda 3-mart kuni o‘z mikroblogida yozgan. Keyinroq u xatoni aynan o‘zi topganiga urg‘u bergan. O‘zi ham yozuvchi bo‘lgan Sklutning ta’kidlashicha, u turli matnlarda noaniqliklarga ko‘p duch keladi va o‘zini “dahshatli musahhih” deb hisoblaydi. Rebekka Sklutning Solomon Nortup voqeasiga nazar solishiga esa 2-mart kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan “Oskar” kinomukofotlari taqdimoti sabab bo‘lgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan