
1984 yil 30 iyulda Amerikaning NBC
telekanali “Santa Barbara “ teleseriali namoyishini boshladi.
Salkam 10 yil davomida tomoshabinlarni televizor qarshisiga “mixlab qo‘ygan”
ushbu serial jami 2137 qismdan iborat bo‘lgan. Santa Barbara shaharchasida
yashovchi badavlat Kepvellar oilasining hayoti bilan bog‘liq voqealar rivoji
muxlislarni shunchalik o‘ziga tortganki, jahonning ko‘plab mamlakatlaridagi
turli millat vakillari har oqshom xonadonlariga “Tashrif buyuruvchi” serial
qahramonlarini o‘z qadrdonlaridek qabul qila boshlashgan. Ularning qayg‘ulariga
hamdard, quvonchlariga sherik bo‘lishgan. “Santa Barbara”ni teleserial
janrining, ta’bir joiz bo‘lsa, bugungi “Jumonglar” u “Tutash taqdirlar”ning tutingan otasi deb atash mumkin. Xalqimizni
jiddiy, badiy yuksak adabiyot va sa’nat namunalaridan bahramand etishga har
qancha intilmaylik, baribir “vaqt o‘ldirish”ga mo‘ljalangan, muvaqqat
taassurotlar uyg‘otuvchi zamonaviy tomosha janrining hayotimizga tobora singib
borayotgani bilan hisoblashmaslikning iloji yo‘q.