SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242527
28      
O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tuzilgan kun
1991-02-23

1991 yil 23 fevral – O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tuzilgan kun.

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tarkibiga hammasi bo‘lib 1 ta respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), 12 ta viloyat xotin-qizlar qo‘mitalari, Toshkent shahri Xotin-qizlar qo‘mitasi, 38 shahar, 170 tuman jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo‘mitalari kiradi. Qo‘mita qoshida xotin-qizlarning qarashlariga qarab turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar tuzilgan. Jumladan, “Olima” ayollar uyushmasi faoliyat ko‘rsatadi.

                Qo‘mita jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning qiziqishlarini himoya qilish, turli-tuman ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni va o‘zaro hamkorlikni muhofaza qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning xalqaro demokratik harakatiga O‘zbekiston ayollarining ishtirok etishlarini ta’minlash kabi vazifalarni olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida o‘z faoliyatini amalga oshirib, ayollar manfaatlarini himoya etuvchi, demokratiya va ijtimoiy adolat mavqeida turuvchi jamoat tashkilotlari, partiyalar va harakatlar bilan hamkorlik qiladi.

                Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatadi, Respublikada va uning tashqarisida O‘zbekiston ayollarining yagona jamoat organi sifatida namoyon etadi, xalqaro jamoat tashkilotlari va davlat organlari bilan bevosita aloqalarni amalga oshiradi. Xususan, Umumxitoy xotin-qizlar federatsiyasi, Musulmon ayollari Janubiy Amerika konsulligi, Pokiston yosh ayollari assotsiatsiyasi bilan aloqa o‘rnatildi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan