Hojinova Maqsuda A`zamovna (1912.8.7- 1981.4.11)- mexanika sohasidagi
olima. O`zbekiston FA akad. 1966, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va
texnika arbobi (1964) Texnika fanlari doktori (1958), profissor. (1959).
Toshkentda tug`ilgan. G .B Plexanov nomidagi Moskva Xalq xo`jaligi institutini
bitirgan (1936). Toshkent to`qimachilik instituti
(hozirda.To`qimachilik va yingil sanoat inistituti)da assisnt, co`ngra dosent
1944- 53, kaf. Mudiri 1957-81, institut rektori 1957-74. Asosiy ilmiy ishlari
paxta, kanop (zig`ir) tolalarning mexanik xossalarini o`rganishga oid.
O`zbekistonda to`qimachilik sanoatini rivojlantrishga katta hissa qo`shgan. H.
kalta kanop tolasidan to`qimachilik ipi olish texnalogiyasini ishlab chiqdi va
sanoatga tatbiq etdi.Hojinova gazlama puxtaligini sinashning samarali usulini yaratdi.
Xo'ja Alabardor (Komolon)qabristonga dafn etilgan. To`qimachilik va engil
sanoat instituti binosida yodgorlik lavhasi o`rnatilgan.