SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122232426
27282930   
Kompyuter sichqonchasi kashf etilgan kun
1968-12-09

1968-yil 9- dekabrda kashfiyotchi Duglas Engelbart  jahonda birinchi bo’lib kompyuter sichqonchasini kashf etdi. 1968-yil 9-dekabrda Amerikaning Stenford tadqiqotlar institutidan kashfiyotchi  Duglas Engelbart San Fransiskoda ҳisoblash texnikasi konferensiyasida dunyoda birinchi bo’lib, kompyuter sichqonchasini qanday ishlashini namoyish etdi. Bu kashfiyot g’ildirakchalar o’rnatilgan bir tugmachali kubikcha edi. Kompyuter sichqonchasi o’z nomi bilan-sichqonchani dumini eslatadi. Birinchi sichqonchani injiner Bill Inglish  yeg’gan, uning imkoniyatlarini namoyish etish dasturini Djeff Rulifson yozgan. Qurilmaning ichida ikkita metaldan yasalgan disk bo’lib, qurilmani oldinga xarakatlantirilganda bitta disk qayrilgan, ikkinchi disk esa qurilmani o’nga va chapga xarakatlantirishga yordam bergan. Engelbartning birinchi sichqonchasi keyinchalik Xerox kompaniyasini qiziqtirib qoldi. Kompaniyaning tadqiqotchilari sichqonchaning konstruksiyasiga o’zgarish kritdilar va u xozirgi zamon sichqonchasi ko’rinishiga ega bo’lgan. 1970-yillarning boshida  Xerox kompanichsi sichqonchani birinchilardan bo’lib shaxsiy kompyutirning qismi sifatida taqdim etdilar. Sichqonchada uchta tugmacha  bo’lib g’altakchalar o’rniga, sharik  disklar o’rniga rolik o’rnatilgan bo’lib, uning narҳi 400 dollarga baholangan! 1983-yilda  Apple firmasi Lisa kompyuterlari uchun bir tugmachali sichqonchalarni ya'ni o’z shaxsiy modellarini chiqardi. Bu sichqonchalarning narҳi 25 dollarga arzonlashtirish imkonini berdi. Apple Macintosh va keyinroq  OS Windows IBM PC kompaniyalarining sichqonchalarini ishlatish keng ommalashdi. Hozirgi kunda kompyuter sichqonchalarining ikki hili: mexanik va optik turlari ishlatilmoqda. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan