SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
O‘zbekiston Respublikasida yangi pasport joriy etilgan kun.
1995-01-01

1995 yil 1 yanvar – O‘zbekiston Respublikasida yangi pasport joriy etilgan kun.

1995 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida yangi pasport joriy etildi. “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risida Nizom”ga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi va uning egasi shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lgan barcha fuqarolarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti bo‘lishi shart.

                Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hujjatlar asosida yashaydilar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi. O‘zbekiston Respublikasining xorijda doim yashaydigan fuqarolariga, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga o‘tgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi berishi mumkin.

                O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti butun O‘zbekiston Respublikasida yagona namunada o‘zbek, rus, ingliz tillarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun esa, qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lib, 32 betdan iborat. Pasportda o‘zbek, rus, ingliz tillarida fuqaroning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi; tug‘ilgan kuni, oyi, yili; tug‘ilgan joyi; millati; jinsi; identifikatsiya raqami yoziladi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan