O'zbekiston xalq artisti Mamatxonov Yahyoxon tavallud topgan kun
1914-12-21

O’zbekiston xalq artisti
(1955). O’zbek davlat musiqali drama teatri qoshidagi studiyada ta'lim olgan
(1930-1932). 1932-1934 yillar shu teatrda aktyor. 1934- yildan Farg’ona viloyat
musiqali drama va komediya teatri aktyori (1948-1964 yillar direktori).
Spektakllarda yetakchi qahramon, ayni vaqtda, churtesar, o’jar tabiatli
kishilar obrozini yaratishda kuchli dramatizm, bosiq ҳarakatlar, past ovoz va bamaylixotirlik bilan ifoda
etish uning ijodiga xos. Solihboy (“Boy ila xizmatchi”), xon Boboxon (“Tohir va
Zuhra”), Navoiy (“Alisher Navoiy”), Hamza(“Hamza”), Muqumiy (“Mavlono Muqumiy”),
Yusufbek hoji (“O’tgan kunlar”) va boshqalar, uning sahnada yaratgan eng yaxshi
obrozlaridir. Kinoda Toshmatov (“Opa-singil Rahmonovlar”), Orif ota (“Stadionda
uchrashamiz”), Ahmedov (“Allangali yillar”) kabi rollarni, “Navoiy” vidiofil'mda
esa Lutfiyni ijro etgan. “Nodira” (S. Qosimov
bilan birgalikda), “Boqiy va Soqi”, “Meli Habbonu Nabi tovon” kabi musiqali
drama va komediyalarni yozgan. “Yor, diyor madhi” adabiy musiqali kompozitsiya
va bir qancha qo’shiqlar mualifi. “Uch soz” she'riy to’plami nashr etilgan.
Nega kechasi ventilyatorni ishlatish tavsiya qilinmaydi? Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? Anemiya yohud kamqonlik Milliy qadriyatlarimiz sovchi Билиш зарар қилмайдиган 15 та психологик “ҳийла” Andijon viloyati Boykechik qishlog‘idan Esonboyeva Mahpuraxon Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan Dilshoda The Tale of Tsar Saltan The Golden Cockerel Five little bears (Music)