SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Xalqaro pomildorilar (Tomatlar) kuni
0000-08-27

Bunday ajoyib bayram deymizmi, qiziqarli kunmi, hullas pomildorilar kuni har yili  avgust oyining ohirgi sanasida Ispaniyaning  Bunyol shahrida nishonlanadi. Ispaniya shahrida ham har yilgi “Pomildorilar festivali” yozning ohirgi kunlarida nishonlanadi. Boshqa Ispaniya festivallariga o’xshab, bu festival ham musiqa sadolari ostida, raqslar bilan, bepul mehmondorchilik bilan o’tkaziladi. Pomildorilar festivalining ajoyib Bunol shahriga turistlarni jalb qiluvchi bir antiqa an’anasi bor. Bu “Pomildorilar jangi”. Shahar maydonida o’tkaziladigan bu o’yinda maydonda bir qancha ezilgan  pomildorilar ortilgan kamazlar paydo bo’ladi. Festivalning qiziq va maroqli o’tish maqsadida o’tkaziladigan ushbu o’yinning qoidasi, birinchi bo’lib kamazlarga yugurib yetib borish va  qatnashuvchilar bir biriga pomildorilar otishadi. Bunda qatnashuvchi kim ekanligining ahamiyati bo’lmaydi, chunki  bunday ezilgan pomildori otishmalarida  odam bir-birini tanib bo’lmaydi. Bunday vaqtda shahardagi barchas bar, restoran, kafelar maxsus plastik qoplamalar bilan mahkam yopiladi. Pomildori otishmalari qatnashuvchilari iloji boricha kamroq kiyimda bo’lishni ma’qul ko’rishadi, chunki kiyimda bo’lsangiz ham toza qolishingiz mumkin bo’lmaydi. Eslatib o’tamiz, festivalda qatnashuvchilarning orasida tushunmovchiliklar ham bo’lib turishi, bir-birlari bilan urish qilishlari ham mumkin. Har yili pomildori otishmalarining qatnashuvchilar soni ortib bormoqda. O’yinda man qilingan holatlar: o’yin boshlanishi va tugashida maxsus signal chalinadi va unga rioya etish, pomildorilardan boshqa hech narsani otmaslik, bir-birining kiyimini yirtmaslik, pomildori olib ketayotgan kamaz haydovchilariga halaqit bermaslik. Shunday qoidalarga rioya qilgan holda, har yilgi festival tinch va janjalsiz o’tmoqda. 1975 yilgacha shahar xalqi festival uchun yashil pomildori emas, ezilgan qizil pomildorilarni sotib olib kelishlari kerak.  Deyarli 40 mingdan ortiq qatnashuvchilar qatnashadi.  Yuz tonnalab pomildorilar otishmalarda “halok” bo’lishadi. Festival basseynlarda cho’milish, har xil yutuqli o’yinlar bilan yakunlanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan