SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
182021222324
252627282930 
Ispaniyada zaytun festivali kuni
1998-11-09

Har yili kuzda Andaluziyadagi Baena shahrida zaytun va zaytun yog'i festivali o'tkaziladi. Bayram zaytun hosilini yig'ishni tugallashga bag'ishlanadi. 1998 yil 9-noyabrdan 11-noyabrgacha bo'lib o'tadigan zaytun va zaytun yog'i Yevropa festivali har yili o'tkazilib, yirik festivallrdan biri hisoblanadi. Kichkina shaharcha Baena zaytun yog'i ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchilardan biri bo'lib, andaluz oshxonasining haqiqiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun festival yerning bu nematiga tashakkur sifatida quvnoq muzika, o'yinlar va to'kin dasturxon atrofida o'tkaziladi. Aynan noyabrda hosil to'liq etishtirib olinib, qayta ishlanib, keluvchi minglab turistlarga bu delikatesni ulashish uchun maxalliy xalq tayyor turadi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, Ispaniyada zaytunning yuzlab turlari bor. Italyan oshxonasini taniqli Parmezan pishlog'isiz tasavvur qilib bo'lmaganidek, ispan ovqatlarini zaytunsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Dunyo bo'yicha zaytun yog'i ishlab chiqarishni 45% Ispaniyaga to'g'ri keladi. Baena “Ispaniyaning zaytunlar poytaxti” deb ataladi. Shahar atrofidagi zaytun bog'larining maydoni 400 kv km. Birinchi zaytun yog'ini greklar boshlab berishgan, keyin boshqa territoriyalarga tarqalgan. Qadimgi ruslar ham Kiev knyazi stoliga zaytunni grek sotuvchilaridan sotib olishgan. O'sha vaqtlardan zaytun yog'i yoshlik va go'zallik manbayi ekanligi ma'lum edi. Gomer uni suyuq oltin deb atadi, Aristotel zaytunni foydali birikmalarini o'rganishga alohida ilm sifatida qaradi, Gippokrat zaytun yog'ini foydali tomonlarini alohida ta'kidlab, ulardan foydalanib, davolashningbir necha usullarini yaratdi. Va hozirgi kunda bu sehrli yog' dunyoda boshqa yog'larga nisbatan eng qimmatli hisoblanadi. Kulinarlar, vrachlar, parfyumerlar undan unumli foydalanishadi. Zaytun yog'ining o'ziga xos va qimmatli jihati shundaki, tarkibida ko'p miqdorda olein kislotasi mavjud, uning sharofati bilan organizmdan xolesterin moddasi chiqarib yuboriladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi. Mevasi-rezavor, danakli, tusi qora, to'q binafsha. Mevasi etida 80% gacha, mag'zida 30% gacha moy, oqsil, vitamin S va karotin bor. Qurg'oqchilikka chidamli, -13-18 sovuqqa bardosh beradi. Ispaniyadagi zaytun festivali bu nafaqat quvnoq va bayramona tadbir, balki zaytun va zaytun yog'ini ishlatishni turli usullarini o'rgatish, o'simlikni butun dunyo va alohida odamlar uchun naqadar ahamiyatli ekanini eslatib turishdan iborat.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan