SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Charlz Darvinning "Turlarning kelib chiqishi" asari sotuvga chiqarilgan kun
1859-11-23

Londonning kitob do'konlarida 23 noyabr 1859 yilda Charlz Darvinning “Turlarning tabiiy tanlanish yo'li bilan kelib chiqishi va hayot uchun kurash” nomli kitobi paydo bo'ldi. Kitobning 1250 nusxasi bir kunda sotilib ketdi. Darvin Charlz Robert (1809.12.2, Shrusberg shahrida -1882.19.4, London yaqinidagi Daun qishlog'i)-ingliz tabiatshunosi, hayvon va o'simlik turlarining tabiiy tanlanish yo'li bilan kelib chiqanligi haqidagi evolyutsion ta'limot asoschisi. Bigl kemasida tabiatshunos sifatida dunyo sayohatiga chiqib (1831-36), zoologiya, botanika, geologiya, paleontologiya, antropologiya va etnografiya sohasida kuzatishlar olib bordi. Shu kuzatishlar asosida biologiya va amaliy seleksiyaning zamonaviy yutuqlariga asoslanib organik dunyo evolyutsiyasining asosiy omillarini ochib berdi. Darvin “Turlarning kelib chiqishi” asarida hayvon va o'simlik turlarining kelib chiqish, rivojlanish sabablarini va atrof-muhitga moslanishini tahlil qildi. “Odamning paydo bo'lishi va jinsiy tanlanish” asarida odamning maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqanligining biologik va ijtimoiy shart-sharoitlarini ilgari surdi. Darvinizm-organik dunyoning tarixiy rivojlanishi to'g'risidagi Ch. Darvin asos solgan ilmiy dunyoqarash. Darvin ko'rsatishicha, irsiy o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish evolyutsiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. O'zgaruvchanlik organizmlar tuzilishi va funksiyasida yangi belgilarning hosil bo'lishidan iborat. Irsiyat orqali bu belgilar nasldan naslga o'tadi. Yashash uchun kurash tufayli muhit sharoitiga eng yaxshi moslashgan belgiga ega bo'lgan individlar yashab, nasl qoldiradi, ya'ni tabiiy tanlanish yuz beradi. Tabiiy tanlanish natijasida yangi turlar paydo bo'ladi. 20 asrning 20-30-yillarida klassik darvinizmning genetika fani yutuqlari bilan uyg'unlashtirilishi tufayli sintetik evolyusion ta'limot shakllana boshladi. Darvin evolyutsiya haqida yana uchta kitob yozdi. Darvinizm yaxlit ta'limot sifatida biologiyada revolutsion burilish yasadi. Shunga qaramasdan Darvin tirikligidayoq evolyutsiyada tabiiy tanlanishni inkor etuvchi yoki uning ta'sirini cheklashga harakat qiluvchi turli oqimlar paydo bo'la boshladi. Evolyutsiyaning asosiy muammolari bo'yicha bahslar zamonaviy biologiya fanida ham davom etib kelmoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan