SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
“Vatanparvar” tashkiloti tuzilgan kun
1991-11-23

“Vatanparvar”, O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti – nodavlat, notijorat tashkilot. 1991 yil 23 noyabrda tuzilgan. O'zbekiston fuqarolarining mustaqil, ommaviy-himoya, sport-texnik va vatanparvarlik jamoat tashkilotidir. Tashkilotning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini, uning qurolli kuchlari, mudofaa qudratini mustahkamlashga ko'maklashish, keng xalq ommasini, xususan yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlashdir. “Vatanparvar” tashkiloti davlat buyurtmasi orqali harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni harbiy-texnik tayyorlash, sport tadbirlari o'tkazish, harbiy –amaliy ahamiyatga ega bo'lgan ommaviy texnik kasb xodimlarini tayyorlash yo'li bilan moliyalashtiriladi. Tashkilotning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar, tumanlarda alohida bo'lmlari-kengashlari bor. Kengash o'z oldida turgan vazifalarni boshlang'ich tashkilotlar orqali amalga oshiradi. “Vatanparvar” tashkilotining shahar kengashi harbiy-vatanparvarlik faoliyatini ma'naviy-ma'rifiy , ommaviy-tashkiliy ishlar bilan qo'shib olib boradi. Bu borada “Mahalla”. “Nuroniy” jamg'armalari, “Kamolot” yoshlar harakati, shahar mudofaa ishlari bo'limi bilan shartnomalar tuzgan. Qurolli kuchlar uchun harbiy-texnik mutaxassislar tayyorlash borasida tashkilotning shahar kengashiga qarashli Toshkent birlashgan texnika maktabida ijobiy ishlar amalga oshirildi: elektromotorist haydovchi va “VS” toifali haydovchilarni tayyorlash bo'yicha o'quv jarayoni takomillatirildi.Tashkilot yordamida sportning texnika turlari ommalashtirilmoqda. Karting, yozgi biatlon, miltiqdan o'q otish, avia-model, raketamodel, triatlon turlari bo'yicha muntazam musobaqalar o'tkazilib turibdi. Toshkent shahri terma jamoalari 2001-2007 yillar davomida respublika musobaqalarida qatnashib, 78 oltin, 60 kumush, 30 bronza medallari sohibi bo'ldi


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan