SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
Taniqli teatr aktyor va rejissyori Sharif Qayumov tavallud topgan kun
1905-01-25

Sharif Qayumov (1905-1973)

Taniqli teatr aktyor va rejissyori Sharif Qayumov 1905 yil 25 yanvarda Buxoroda tug‘ilgan. 1927 yilda Moskvadagi O‘zbek drama studiyasini tugatgach, Hamza nomidagi teatrida o‘z mehnat faoliyatini boshlab, umrining oxirigacha shu ijodiy jamoada aktyor va rejissyor sifatida samarali ishladi.

Sh.Qayumov Ferdinand (F.Shiller,  «Makr va muhabbat» ), Shpixolberg (“Qaroqchilar”), Gorasio (Shekspir,”Gamlet”),Osip (Gogol,”Revizor”),Trufaldino (Moler, “Ikki boyga bir malay”), Perchixin (M.Gorkiy “Meshchanlar”) kabi obrazlarni katta mahorat bilan yaratgan.

O‘zbek dramaturglari asarlari asosida qo‘yilgan spektakllarda u tomonidan yaratilgan Naziriy (K,Yashin va A.Umariy, “Hamza”), Piri Zindoniy (M.Shayxzoda, ”Mirzo Ulug‘bek”) obrazlari o‘zbek teatri tarixida alohida o‘rin tutadi.

O‘zbek teatr san’ati tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Sh.Qayumov rejissyorlik sohasida ham ibratli ishlarni qildi.Hamza teatrida, u Gogolning “Uylanish”, N.Safarovning “Uyg‘onish”, A.Rjeshevskiy, M.Kasning “Oleko Dundich”, Lope de Veganing “Qo‘zibuloq qishlog‘i” asarlarini, A.Ginzburg bilan hamkorlikda Gogolning  “Revizor”, T.Xo‘jaev rahbarligida Uyg‘unning “Parvona”  asarlarini sahnalashtirdi.Respublika radiosida Xemingueyning  “Chol va dengiz” asari va I.Turgenev asarlari asosida tayyorlangan radiopostanovkalarga rejissyorlik qildi.

Taniqli o‘zbek aktyori va rejissyori Sharif Qayumovga 1952 yilda “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni berilgan edi.

Sharif Qayumov 1973 yilda Toshkentda vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan