SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Dunyo miqyosidagi shamol kuni
2007-06-15

15 iyun bizning sayyorada dunyo miqyosidagi shamol  kuni (GlobalWind Day)  nishonlanadi. Bir qarashda g’aroyib bo’lib tuyuladigan bu bayramning tashabbuskorlari Shamolenergetiksi Yevropa uyushmasi va Xalkaro Shamol energiyasi Kengashi bo’lgan. Uni o‘tkazishdan maqsad - jamoatchilik diqqatini (birinchi navbatda, turli mamlakatlar energetika majmualarning vakillarining)  shamol energiyasining ulkan imkoniyatlariga qaratish. Ekspertlar fikriga ko‘ra, shamol energetikasining  rivojlanishi  na faqat energetik, balki iqtisodiy, hamda ekologik  bir qator muammolarning hal qilinishiga olib keladi.  Xususan, bu yo‘nalishda ishlarning  faol olib borilishi energetikaga har yili qo’yilayotgan ulkan miqdordagi pullarning  qisqarishiga olib boradi.  Natijada,  yonilg‘i qazilma manba'larining cheklanganligi muammosi dolzarbligi kamayadi, dunyo hamjamiyati dunyo miqyosidagi iqlim o‘zgarish  bo‘hronini yenga oladi. "Kelajak shamol energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalarniki!", - deyishmoqda ekspertlar. Ko‘p mamlakatlar buni allaqachon tushunishgan. Ishonmovchilarning  «shamolni qo‘lga o‘rgatish»  kelajagi yuk dargumon ish degan shubxalariga qaramay,  shamol energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalar (VEU) bugun dunyoning 80 mamlakatida muvoffaqiyat bilan ishlayapti , shamol energiyasini  ishlab chiqarishda minglab  odamlar qatnashayapti.   Ishga tushirilgan  shamol energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalar (VEU) quvvati bo‘yicha  Xitoy, AQSH, Germaniya va Ispaniya dunyoda oldinda borishmoqda.  Dunyo miqyosidagi shamol  kuni tashkilotchilari ta'kidlaydiki, bayramning asosiy masalalaridan biri bu keng jamoatchilikni shamol energetikasi bilan  tanishtirish, shamol quvvati  hosil bo’lishini odamlarga amalda ko‘rsatish.  15 iyunda dunyoning  ko‘p mamlakatlarida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda, aholini shamol energiyasi stansiyalariga olib borish, mutaxassislar bilan  uchrashuvlar, " shamol - muqobil energiya manbai " mavzusida ma'ruzalar va seminarlar o’tkaziladi.  Birinchi marta shamol kuni Yevropada 2007 yilda nishonlandi. 2009 yilda u dunyo miqyosidagi maqomini oldi, bayramni nishonlashga 30dan ortiqroq  mamlakatlar qo‘shilishdi. Yildan yilga  ularning soni oshib bormoqda.

 
 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan