SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Dunyo miqyosidagi mototsiklchilar kuni
1992-06-16

Dunyo miqyosidagi mototsiklchi kunini  nishonlash an'anasi 1992 yili 22 iyulda paydo bo‘ldi, shu kuni bir necha mamlakatlarda tashabbuskorlar avtomobillarini garajlarda qoldirib, ishga mototsikllarda va skuterlarda jo‘nashdi. Azaldan bu kun shunday  nomlangan - Ride to Work Day, ingliz tilidani tarjimasi "ishga mototsiklda” faqat keyinroq  «mototsiklchi kuni»ga  aylandi.  1990-yillar o‘rtalarida  aksiyada,  ko'ngillilarning hisobiga ko'ra, 5 mingdan  ortiqroq kishi qatnashdi. 1997 yilda dunyo miqyosida mototsiklchi kuni  rasmiy sayt (ridetowork.org) ochildi. Sayt mototransport havaskorlari uchun asosiy maydoncha bo'lib  xizmat qiladi, u yerda ular muloqot qiladilar, "pulat otlarni"  ishlatish tajribasi bilan  fikr almashadilar, albatta, bo'lg'usi yillik aksiya tayyorlanishadilar. 2000 yilga qadar aksiya mutlaqo norasmiy o'tardi: buning uchun maxsus saytda hamfikrlar bilan kelishib  sanani belgilab qo‘yish  yetarli bo‘lgan edi. Keyinroq Ride To Work Inc. notijorat tashkiloti  paydo bo‘ldi, bu tashkilot AQSHda va Yevropada mototsiklchilarga yuridik va texnik xizmat  ko‘rsatadi.  Bu tashkilot vakolatxonalari Rossiyada, Kanadada, Meksikada,  Ekvadorda,  Puerto-Rikoda, Isroilda, Filippinda ish olib boryapti. 2008 yilga qadar bayram iyulning uchinchi chorshanbasida nishonlangan, lekin 2008 yili mototsiklchi kuni iyunning uchinchi dushanbasiga ko’chirilgan. Sana o‘zgarishining maqsadi, dunyodagi barcha mototsiklchilar uchun eng yaxshi  iqlimiy sharoitlar  tanlash bo'lgan, o‘z navbatida, bu sharoit aksiyada yanada ko'proq ishtirokchilar qatnashishiga xizmat qiladi. Aksiya asosiy maqsadi sifatida tashkilotchilar, yo‘l harakatining  boshqa qatnashchilari huquqlarini inkor etmagan holda, mototsiklchilarning  huquqlarini bildirish  zarurati  deb ataydilar. Baykerlarda bu narsa butunlay muvoffaqiyat bilan hosil bo‘lyapti.  Ularning foydasiga quyidagilarni aytish mumkin, mototsikllar yo‘llarda tiqin vujudga kelishini kamaytiradilar, turish uchun ko‘p joy talab qilishmaydi  va kam yonilg‘i iste'mol qiladilar, bu esa atrof muhit ahvolida ijobiy aks etyapti.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan