
Har yili 16 iyunda Afrika hamjihatlik tashkiloti (Organization ofAfrican
Unity) tashabbusi bilan dunyoda Xalqaro
afrikalik bola kuni (International Day of the African Child) nishonlanadi. Birinchi marta bayram 1991 yilda nishonlangan
edi, o’shandan beri kunning asosiy mavzusi dunyo jamoatchiligi, siyosatchilarning va tibbiy tashkilotlarning diqqatini afrika
bolalarining muammolariga va
ularning kundalik hayoti sharoitlariga
jalb qilish bo'ldi. Xalqaro afrikalik
bola kuni sanasining tayinlanishiga Janubiy Afrika Respublikasida 1976 yili
16 iyunda poytaxti Yoxannesburg
janubi-garbiy chekkasidagi Soueto
(Soweto-South Western Townships) manzilgohida yuz bergan fojeali voqyealar sabab bo’lgan edi. Shu kuni minglab qora tanli o‘quvchilar ko‘chalarga chiqib maktab ta'limi sifatini ko’tarishni va o'z qadrdon tilida o‘qitishni talab qilishdi. Yuzlab yosh afrikaliklar hukumat qo’riqlash kuchlari tomonidan o’tib tashlandi. Keyingi ikki hafta mobaynida yuzdan ortiqroq kishi o‘ldirildi va mingdan ortig’i yaralandi. Rasmiy ma'lumotlarga xabar
berishicha, 1976 yil 16 iyunidan 1977 yil 28 fevraligacha davom etgan qo’zg’alon
natijasida politsiyachilar 575 kishini halok qilishdi va 6 ming kishini hibsga olishdi. 2011 yilda o'tgan
tadbirlarda qarovsiz qolgan bolalarning qashshoq holatiga diqqat-e'tibor qilishga qaror
qilindi, Afrikada ularning soni, ayrim baholarga ko’ra, 30 millionni tashkil
etadi. "Qarovsiz
bola" iborasi tez-tez mamnuniyat bilan tanqidga olinadi, lekin
YUNISEF (UNICEF - United Nations Children's Fund) bunday bolalarni shunday ta'riflaydi: “ular
shahar (urbanisticheskoy srede) muhitida yashashyapti; ota-onasi yoki boshqa
qarindoshlari bor, lekin ular bilan aloqa kuchsiz yoki mavjud emas; bolalar yashash uchun har xil usullar o’ylab topishyapti, yashab qolishning
yagona yo'li bu ko’cha deb tushunishadi». Ma'lumki, qarovsiz bolalar
dunyoda hammadan ko‘ra kam himoyalangan bolalar hisoblanadilar, ular bir
necha bor zo‘ravonlikka yo’liqishadi,
ishlatish, jismoniy va ma'naviy kamsitishlarga duch bo’lishadi. O’qish
uchun haq-ko‘pchilik afrika bolalarning
yana bitta katta muammosi. Ehson qiluvchi tashkilotlarning zo’r berishlari
va yordamiga qaramay, bugun qonun va
amaliy hayot orasida yengib bo‘lmaydigan
g‘ov mavjud. Xuddi shuning uchun xalqaro tashkilotlar, Afrika davlatlari uyushmasi va YUNISEF boshchiligida har yili millionlab
afrika bolalari hayotini insoniy hayotga yaqinlashtirish mo‘ljali bilan tashabbuslar qilishadi,
munozaralar uyushtirishadi.