
1 iyun "iching, bolalar,
sut, bo‘linglar sog‘lom! " - ushbu ibora to‘laligicha 1 iyunga
mansub - bu sanada, butun dunyo na
faqat xalqaro bolalarni himoya qilish kunini, balki dunyo miqyosidagi sut kunini ( World Milk Day
) ham nishonlaydi. Birinchi marta bu bayram 2001 yilda BMT ning
oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkilotlari taklifi bilan nishonlandi. O'shandan beri an'ana dunyoning ko’p
mamlakatlarida keng tarqaldi. Bayramning maqsadi - sutni va sut mahsulotlarini
odamlar o‘rtasida ommalashtirish, hamda
sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyat haqida
aholini xabardor qilish. Nimaga dunyo miqyosidagi sut kuni xuddi 1 iyunda nishonlanadi? Gap
shundaki, BMTning bayram qilish g’oyasini qo’llab-quvvatlovchi ayrim mamlakatlarda milliy sut kunini bayram qilish an'anasi bo’lgan. Va deyarli barcha mamlakatlarda bu
bayram 1 iyunda yoki shunga yaqin sanada
nishonlangan. Shuning uchun rasmiy sut
kunini yozning birinchiga kunida nishonlashga qaror qilingan. 2008 yilga kelib bir vaqtning o‘zida dunyo bo‘yicha 40ta har xil davlatlar sut kunini bayram qilishda
qatnashishdi, bulardan ko‘pchiligida bayram
mamnuniyat bilan keng miqyosda va tantanavor o’tadi. Argentinada
feremerlar uyushmasi "sut va asal daryo bo’lib oqadigan mamlakat” iborasi ostida sutni iste'mol qilishning yirik
targ‘ibot kompaniyasini tashkil qildi.
Germaniyada milliy bayram “tezroq,
kuchliroq, aqlliroq, bu
hammasi sut tufayli” devizi ostida o‘tdi. Norvegiyada sut mahsulotlari milliy kengashi sut to‘g‘risidagi eng yaxshi voqea uchun
internet-konkurs o‘tkazdi, g’olib
muallif oldi pullik sovrin bilan taqdirlandi.