SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728
Matematik olim Ayupov Shavkat Abdullayevich tavallud topgan kun
1952-09-14

Ayupov Shavkat Abdullayevich (1952.14.9, Toshkent) – matematik olim. O’zbekiston FA akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1983), professor (1985). Ayupov T.Ayupovning o’g’li. Toshkent davlat universitetining matematika fakul’tetini tugatgan (1974). ToshDUda o’qituvchi (1977-79) va O’zbekiston FA Matematika institutida katta ilmiy xodim (1979-88), algebra va analiz bo’limi (1986 yildan), direktor o’rinbosari (1986-92), direktor (1992-97). 1997 yildan O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi. Asosiy ilmiy ishlari funksional analiz va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan operatorlar algebralari nazariyasiga oid. Ayupov yordan algebralari sohasida ham nazariy, ham tatbiqiy yo’nalishda yirik ilmiy tatqiqotlarni amalga oshirdi. Gil’bert fazosidagi o’z-o’ziga qo’shma operatorlar yordan algebrasi tuzilishi va qurilishi bo’yicha muhim natijalar oldi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan