
Maqsetov Qobul -1929 yil 16
yanvar kuni Xorazm viloyati Qo‘ng‘irot
tumanida tug‘ilgan- qoraqalpoq
folklorshunosi, O‘zbekistonda (1979) va Qoraqalpog‘istonda (1973) xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori(1966), professor(1968).
Xo‘jayli pedagogika bilim yurtini(1949) va Qoraqalpoq pedagogika institutini(1953)
tugatgan. Avval maktabda o‘qituvchi(1949-530), keyinchalik mazkur institutda
qoraqalpoq adabiyoti kafedrasida katta o‘qituvchi, mudir (1953-57). O‘zbekiston FA
Qoraqalpog‘iston filialining tarix, til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi, bo‘lim
mudiri(1959-62), direktori (1963-92).
Ilmiy asarlari qoraqalpoq folkloriga, qoraqalpoq qahramonlik eposiga bag‘ishlangan. Uning
qoraqalpoq tilidagi “Qoraqalpoq qahramonlik eposi “Qirq qiz” (Nukus, 1962),
“Qoraqalpoq qahramonlik dostonlari poetikasi” (T.1965), “Qoraqalpoq folklori
estetikasi” (Nukus, 1961), “Qoraqalpoq
eposi. Qurbonboy Tojiboyev repertuaridagi dostonlarning badiiy hususiyatlariga
doir” (rus tilida, 1976) asarlari qoraqalpoq
folklorshunosligi rivojida muhim rol o‘ynadi. “Folklor va adabiyot”(Nukus, 1975) maqolalar
to‘plami hozirgi qoraqalpoq adabiyoti
muammolariga bag‘ishlangan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1976). Q.Maqsetov 2002 yil 17 fevral
kuni Nukusda vafot etgan.
O’zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi. T., 2000.