SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930    
Radioteleskop ishga tushgan kun
2014-03-13

2014 yilning 13 mart kuni Chilida jahondagi eng yirik radioteleskop ishga tushdi.Atacama Large Millimeter Submillimeter Array (ALMA) nomini olgan ushbu ulkan inshoot, nomi ham dalolat berib turganidek, sayyoramizning eng quruq joyi - Atakama cho‘lida o‘rnatilgan bo‘lib, 66ta parabolik antennani birlashtirgan. ALMA - Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining qo‘shma loyihasi, uning qurilishiga 1,3 mlrd.dan ziyod mablag‘ sarflandi.Koinotning eng olis puchmoqlaridagi jarayonlarni kuzatishga mo‘ljallangan bu inshootning quvvati, mualliflarning aytishicha, ayni paytgacha ishlab turgan istalgan radioteleskopdan 100 baravar yuqoridir.Ayollar - Xitoy elektron tijorat bozorining asosiy xaridorlari. Mamlakat Elektron tijorat bozorini o‘rganish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, aralash mollar do‘konlarida ularning hissasi 60 foizdan oshsa, parfumeriya do‘konlarida 90 foizgacha yetmoqda.Statistika: 2012 yil yakunida Xitoyda internetdan foydalanuvchilar soni 564 mln.ga yetgandi. Internet orqali xaridni amalga oshirganlar esa o‘tgan yili 242 mln. nafarni tashkil etdi.Microsoft: komputer sichqonchasi o‘rnini Kinect egallaydi. Yangi texnologiya inson qo‘llarining havodagi harakatlariga asoslangan bo‘lib, uning yordamida dastur va yorliqlarni boshqarish, fayllar yaratish yoki ularni o‘chirish va hokazo o‘nlab funksiyalarni bajarish mumkin.Eslatma: Kinect dastlab Xbox 360 o‘yin qurilmasi uchun yaratilgan, keyinchalik funksiyadorligi hisobga olinib, shaxsiy komputerlarga ham tatbiq etila boshlangan.Mobil ilovalar ishlab chiqaruvchilar bu yil 25 mlrd. dollar daromad qilishadi. Qurilmalar o‘rtasida bu taqsimot quyidagicha: ABI Research ma'lumotlarida ko‘rsatilishicha, planshetlar uchun dastur va o‘yinlar hajmi 8,8 mlrd. dollarni, smartfonlar sohasi uchun esa 16,4 mlrd. dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2018 yilga borib esa planshetlar son jihatidan smartfonlarni ortda qoldirishi kutilapti, tabiiyki, ularbop dasturlar o‘z-o‘zidan ko‘payadi. HGST 10-nm bit strukturali qattiq disklar uchun material ishlab chiqdi. Ilgari mikroprotsessor ishlab chiqaruvchilar yetakchi bo‘lib kelgan nanolitografiya sohasida katta burilish yasashi mumkin. O‘ta mayda va magnitlangan bu tizim qattiq disklar (HDD)da ma'lumotlar zichligini ikki marotabagacha oshirish imkonini beradi.Mobil viruslarning 79 foizi Androidlarga mo‘ljallangan. Finlandiyaning F-Secure antivirus kompaniyasi shohidlik berishicha, 2012 yil Android ochiq amaliy tizimi uchun nafaqat ommalashish bobida, balki unga chiqarilgan zararli dasturlar soni borasida ham katta sakrash yili bo‘ldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan