SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil topgan kun
1996-03-14

1996 yil 14 mart – xalqaro Amir Temur jamg’armasini qo’llab – quvvatlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil etish to’g’risida  O’zbekiston Respubliikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.Muzeylarning jamiyat madaniy-ma'rifiy hayotidagi ahamiyati nihoyatda katta - u kishilarning milliy ongini shakllantirishda muhim omil vazifasini kasb etadi. Hukumatimizning muzeylar faoliyatiga oid qarorlarida xalqimiz tarixini to’laqonli aks ettiruvchi noyob ashyolarni to’plash-katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlanadi. Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, davlatimiz muzeylar faoliyatini rivojlantirishga va yodgorliklarni tiklashga ahamiyat berayotganligi tufayli bu borada ijobiy natijalarga erishilmoqda.Poytaxtimizning Amir Temur xiyoboni yonida Temuriylar tarixi davlat muzeyining barpo etilishi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Hozirgi kunda mazkur muzeyning dovrug’i jahonni lol qoldirmoqda. Toshkentga xorijdan kelgan sayyohlar mamlakatimiz bilan tanishuvni shu muzeydan boshlashadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan