“O‘zarxiv” agentligi tashkil topgan kun
2004-02-23

O‘zbekiston
Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish maqsadida
2004 yil 3 fevralda “O‘zarxiv” agentligi
tashkil etilgan. Uning tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahri hududiy boshqarmalari, ularning qaramog‘idagi davlat arxivlari
(ularning filiallari) hamda Markaziy davlat arxivlari kiradi. Agentlik arxiv
ishini rivojlantirishni va ushbu sohadagi ilmiy-texnika taraqqiyotining davlat
tomonidan boshqarilishini ta’minlaydi, davlat va idoraviy arxivlarning
faoliyatini tarmoqlararo muvofiqlashtiradi, arxiv ishi bo‘yicha Respublika
qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qiladi.