SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
101112131415
17181920212223
24252627282930
31      
Amerika romantik yozuvchisi Kuper Jeyms Fenimor tavallud topgan kun
1789-09-15

Kuper Jeyms Fenimor (1789.15.9, Byorligton, NyuYork - 1851.14.9, Kuperstaun)- amerika romantik yozuvchisi. Birinchi romani “Ehtiyotkorlik” (1820). Amerika inqilobiga tarixiga oid “Josus” (1821) tarixiy sarguzasht romani unga katta shuhrat keltirgan. Kuperning 32 roman, 10 jilddan ortiq sayohatnomalari hamda bir necha jilddan iborat publitsistik asarlari bor. “So’nggi mogikan” (1826), “Cho’l” (1827), “Izquvar (1840) “Chingachuk- ulkan ilon” (1841) va boshqa romanlarida oq tanlilarga qarshi kurashgan Amerika indeyslarining  hayoti, vatanparvarligi tasvirlangan, “Lotsman” (1823), “Boston qamali” (1825) romanlari dengizchilarning sarguzashtlariga bag’ishlangan. Yevropadagi voqyealar tasvirlangan tarixiy romanlar turkumi (“Qaddingni ur”, 1831, “Geydenmauer yoki Bekediktliklar” 1832; “Jallod yoki uzumzorlar abbatligi”, va boshqalar). Kuper ijodida muhim ahamiyat kasb etgan . Kuper 30-yillarning 2- yarmidan boshlab Amerika hayotidagi illatlarni fosh etuvchi hajviy asarlar yoza boshlagan. “Monikinlar” (1835) romanida ma'rifatparvar va J.Svift ijodiga xos ramziylik, majoziylik an'analarini davom ettirgan Amerika adabiyotining ulkan hissa qo’shgan Kuper asarlari jahondagi ko’plab tillarga tarjima qilingan, ular asosida kinofil’mlar ishlangan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan