SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2019
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222324
262728293031 
Xalqaro iste’molchilar kuni
1962-03-15

1962 yil 15 martda iste’molchilar huquqiy himoyasining davlat tomonidan kafolatlanishi nazarda tutilgan xalqaro deklaratsiya qabul qilingan. Mazkur xalqaro hujjat jahonning deyarli barcha davlatlarida rasman tan olingan. Ayni shu sana Xalqaro iste’molchilar kuni sifatida belgilangan. O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlari davlat tomonidan himoya ham qilinadi. Ayni paytda iste’molchilarning huquqiy himoyasi bilan shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlari rivojiga ham alohida e’tibor berilyapti. Bu huquq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar bilan mustahkamlangan.  2002 yil 28 noyabrda davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori sohaga oid qonunlarni hayotga joriy etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorligida iste’molchilar huquqiy himoyasini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. O‘tgan yili mazkur qo‘mitaga iste’molchilardan uch mingga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ular bo‘yicha iste’molchilarga yetkazilgan barcha zararlar to‘liq undirib berildi. Bundan tashqari, turli sohalarda olib borilgan monitoringlar natijasida iste’molchilarni qiynayotgan ko‘plab muammolar bartaraf etildi. Federatsiya va uning quyi tizimlariga o‘tgan yili 6,5 mingga yaqin murojaat tushgan va iste’molchilar manfaatini ko‘zlab olib borilgan izchil chora-tadbirlar natijasida ular foydasiga 12 milliard so‘m undirilgan. Misol uchun, poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi YE.Michkasova Navoiy ko‘chasida joylashgan savdo do‘konidan “Indezit” kir yuvish mashinasi sotib olgan. Uyiga olib borib ishlatmoqchi bo‘lganda uning sifatsizligini payqadi. Iste’molchi bu haqda darhol do‘kon egasiga murojaat etgan. Lekin ular sifatsiz tovarni ta’mirlab berishdan bosh tortgan. Ilojsiz qolgan xaridor murojaatidan so‘ng iste’molchi huquqi himoya qilindi. Kir yuvish mashinasi bepul ta’mirlab berildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan