SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930    
Safaviylar davlati shohi Shoh Tahmosp tavallud topgan kun
1513-03-18

Tahmosp, Shoh Tahmosp (1513 y. 18-mart  Habib us siyar)., Isfahon - 14.05. 1576., Qazvin) - Safaviylar davlati shohi. Otasi Shoh Ismoil Safaviy. Onasi Shohbegixonim (laqabi Tojlixonim). Otasi vafot etganida 10 yoshda bo’lgan Tahmosp taxtga o’tirganidan so’ng avvaliga vazirlari, voyaga yetganidan so’ng o’zi mustaqil davlatni idora qilgan. O’ttiz yildan ortiq Usmonli turklar bilan urush olib borgan. Shimol tomonda esa muttasil Shayboniylar bilan kurashishga majbur bo’lgan. Faqat sharq tomondagi Boburiylar davlati bilan yaxshi qo’shnichilik, savdo va diplomatik munosabatlarni o’rnatgan. Bobur 1526 y. Hindistonni fath etganidan so’ng Xojagiy Asad boshliq elchilarni Safaviylar saroyiga jo’natgan. O’z navbatida Safaviylar tomonidan ham Sulaymon turkman ismli elsi Boburiylar saroyiga yetib kelib Tahmosp nomidan maktub va sovg’a-salomlar olib kelgan. Bobur Safaviylar davlati bilan chegaradosh hududda joylashgan Mo’lton viloyatiga o’g’li Komron Mirzoni hokim etib tayinlab, hamisha shahzoda, ya'ni Tahmosp bilan yaxshi munosabatda bo’lishni nasihat qilgan. Tahmosp taxtga o’tirganidan so’ng Shayboniylar bilan Domg’on va Hargird navohisida bo’lgan janglar haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. Yarim asrdan ko’proq taxtda o’tirgan Tahmosp Bobur vafotidan so’ng Humoyun podshoh va Akbar podshoh bilan ham diplomatik munosabatlarni saqlab qolgan. Humoyun 1540 y. Hindistonni tashlab chiqqanidan so’ng Shoh Tahmospdan yordam so’ragan. Ma'lum muddat Tabrizda Shoh tahmosp saroyida mehmon bo’lgan va berilgan yordamchi kuchlar bilan ota taxtini qaytarib olishga muvaffaq bo’lgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan