SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
O'zbekiston xalq rassomi Kashina Nadejda Vasilevna tavallud topgan kun
1896-03-19

Kashina Nadejda Vasilevna (1896.19.03, Perm - 1977.11.08, Toshkent) - O'zbekiston xalq rassomi (1964). Moskva Oliy badiiy texnika instituti (VXUTEIN)ni tugatgan (1927). 1930 yildan O'zbekistonda Kashina Nadejda asarlarida O'zbekiston manzaralarini, mehnatsevar o'zbek xalqining kundalik turmush tarzini yorqin bo'yoqlarida mehr bilan tasvirlagan."Poyga" (1927), "Yo'ng'ichga ortilgan arava" (1929), "Sherdor yonida" (1928), "Sirdaryodan o'tish" (1930), "Doira ulashgan qiz" (1945), "Tushki dam olish" (1949), "Xosil" (1957), "Insoniyat bohori" triptixi (1961), "Sukunat" (1962), "Bog' ko'cha" (1965), "Tinch payt" (1967), "Samarqand madonasi" (1971), "Mozor yonida" (1973), va boshqa mehnat ahli, o'zbek ayoli nazar fondida aks etirilgan kartinalari, natyurmortlari ("Kungaboqar", 1939; "Behi", 1956 va boshqa) yorqin bo'yog'i, muallifining o'ziga xos ifoda uslubi bilan diqqatini tortadi. Plakatlar, etyudlar boy mazmuni, ifodalanganligi bilan muhim. Rassom Alisher Navoiyning ijodiga ko'p martda murojat qilib, asar qahramonlarini jonli aks ettiradi ("Bunyodkor Farhod", 1939; "Bahrom g'o'r zangori saroyda", 1941; "Layli va Majnun", 1966; "Farhod va shirin", 1968; "Farhod", 1970 va boshqalar).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan