SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223252627
282930    
Amerika Qo'shma Shtatlar olimlari galaktikamizda hayot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan sayyorani topgan kun
2009-03-20

Amerikalik olimlar birinchi marotaba galaktikamizda Yer kattaligidagi sayyoraga duch keldi, unda biologik hayot bo‘lishi mumkin. Yangi sayyora 2009-yil 20- martida orbitaga tushirilgan, mutaxassislar orasida “sayyoralar ovchisi” laqabi bilan mashhur bo‘lgan “Kepler” teleskopi yordamida aniqlangan. Shu sababli sayyoraga Kepler-186f shartli nomi berildi. NASA ning astrofizika boshqarmasi boshlig‘i Pol Gertsning ta’kidlashicha, yangi ekzosayyora o‘z yulduzidan qulay uzoqlikda joylashgan, bu unga o‘z yuzasida mo‘tadil haroratni ushlab turishiga va suyuq holatdagi suvga ega bo‘lishiga imkon beradi. Kepler-186f Yerdan 500 yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan. U Quyoshdan ikki barobar kichik bo‘lgan qizil yulduz atrofida aylanadi. Aylanish davri 130 kunga teng. Sayyoraning og‘irligi, tarkibi va atmosferasi hali o‘rganilganicha yo‘q. Yangi sayyorada hayot borligi ham hali aniq bo‘lmagan fakt. Kosmik markaz mutaxassisining aytishicha, Kepler-186f ning Yer bilan o‘xshash jihatlari juda ko‘p, biroq ularni “egizaklar emas, xolavachchalar, desa to‘g‘riroq bo‘ladi”.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan