SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
192021222324
25262728293031
O'zbekistonlik ilk kosmonavti Solijon Sharipov tavallud topgan kun
1964-08-24

Solijon Sharipov-o'zbek millatiga mansub ilk kosmonavt. Rossiya va Qirg'iziston qahramoni. 1964 yilning 24 avgustida O'sh viloyati O'zgan shahrida o'zbek oilasida tug'ilgan. 1987 yili aviatsiya bilim yurtini tugatganidan so'ng murabbiy uchuvchi bo'lib ishlagan.Turli rusumdagi samolyotlarda hammasi bo'lib 950soat parvoz qilgan. 1990 yili sovet kosmonavtlari otryadiga qabul qilingan. “Soyuz TM” kosmik kemasi va “Mir” orbital stansiyasida parvoz uchun ekipaj komandiri sifatida tayyorgarlikdan o'tgan. 1994 yili Moskva davlat universiteti kartografiya mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. Ilk bor fazoga 1998 yilning 23 yanvaridan 31 yanvarigacha “Endevor” kemasida parvoz qilgan. Parvoz 8 sutka 19 soat 46 daqiqa 54 soniya davom etgan. Sharipovning kosmosga ikkinchi parvozi 2004 yilning 14 oktyabridan 2005 yilning 25 apreligacha davom etgan. Parvoz davomida u ikki bor ochiq kosmosga chiqqan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan