SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141517181920
21222324252627
28293031   
Dunyodagi eng ommabop so‘z — “OK” tugmasi tashkil topgan kun
1839-03-23

Televizor pultidagi “OK” tugmasi. 1839-yilning 23-martida o‘sha paytda AQShning eng ommabop nashrlaridan biri bo‘lgan The Boston Morning Post gazetasi sahifalarida ushbu so‘z ilk bora paydo bo‘ldi, dunyodagi eng ommabop — “OK”so‘zni  23-mart kuni ham nishonlashadi.. So‘zning kelib chiqishi haqida ko‘plab versiyalar mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, XIX asrning 30-yillarida o‘ynoqi qisqartma so‘zlar urfga kirgan. Boston gazetasi jurnalistlari “oll correct” (“all correct” — “hammasi to‘g‘ri” so‘z birikmasining buzib yozilishi ) so‘z birikmasidan “OK” qisqartmasini yaratishgan.1840-yilda AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida “okey” so‘zi yanada ommalashadi. Gap shundaki, nomzodlardan biri Martin Van Byuren Nyu-York shtatining Kinderxuk shahridan bo‘lib, uning saylov kampaniyasi shiori “Old Kinderhook is OK” deya jaranglar edi. Natijada ushbu qisqartma so‘z xalq tiliga yanada chuqurroq kirib bordi.Yana bir versiyaga ko‘ra, so‘zning kelib chiqishi AQShning yettinchi prezidenti Endryu Jekson bilan bog‘liq. U shunchalik darajada savodsiz bo‘lganki, davlat hujjatlariga “all correct” o‘rniga “oll correct” rezolyutsiyasini qo‘ygan.Ba’zilar “okey” aslida boshqa tillardan o‘tgan, deya taxmin qiladi. Hatto, rus tilidagi “очень хорошо” “OK” uchun asos bo‘lgan, degan fikrlar ham bor.Shuningdek, uning urush davrlarida paydo bo‘lgani haqida gumonlar mavjud. Ularga ko‘ra, urushda bironta ham qurbon bo‘lmagan kuni raportga “0 killed” (o‘lganlar nolta) — qisqacha “OK” deya qayd etilgan.Ayni paytda “okey” qariyb butun dunyo bo‘ylab ishlatiladi. AQShning o‘zida esa Okey deb nomlanuvchi shaharcha ham mavjud. U rasmiy qisqartmasi OK bo‘lgan Oklaxoma shtatida joylashgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan