SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Toshkent shahrida Inxa Universiteti tashkil etiladi
2004-03-24

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek, chet eldagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2014 yil 24 martda "Toshkent shahrida Inxa Universitetini tashkil etish to‘g‘risida" qaror qabul qilindi.Ushbu qarorga muvofiq, Toshkent shahridagi Inxa Universitetining asosiy faoliyat yonalishlari etib quyidagilar belgilangan:Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy taminot ishlab chiqish, axborot tizimlarini va kompyuter tarmoqlarini boshqarish boyicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali diplomli mutaxassislarni tayyorlashni taminlash;Respublika oliy talim tizimiga zamonaviy talim texnologiyalari asosida oquv jarayonini tashkil etish boyicha ilgor xorijiy tajribani joriy etish, soglom raqobatni va ochiq axborot-talim muhitini rivojlantirishga komaklashish;

Respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarmogida uzluksiz talim va malaka oshirish tizimining shakllanishiga, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot va talim muassasalari, dasturiy taminotlar ishlab chiquvchilar, ishlab chiqarish korxonalari, sanoat va infratuzilma tarmoqlari, boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari istemolchilari ortasida mustahkam aloqa ornatilishiga komaklashish;Xalqaro standartlarga muvofiq, iqtisodiyotning real tarmogi aniq ehtiyojlarini inobatga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni kozda tutuvchi maqsadli talim dasturlarini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish.Toshkent shahridagi Inxa Universiteti yuridik shaxs maqomidagi oliy talim muassasasi - Ozbekiston Respublikasi rezidenti sanalib, ozining alohida mulkiga, mustaqil balansiga ega boladi, oz majburiyatlari, tasarrufidagi pul mablaglari va mulklari boyicha javob beradi;Oquv-uslubiy boshqaruv va talim jarayonini yuritish Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan, imzolanadigan kelishuvlar asosida, ilgor pedagogik va axborot texnologiyalarini qollagan holda taminlanadi;Talabalarni oqitish ingliz tilida talimning kunduzgi shaklida Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi) oquv rejalari va dasturlariga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi davlat talim standartlari talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi;Universitet bitiruvchilariga Inxa Universiteti (Koreya Respublikasi)ning belgilangan namunadagi, Ozbekiston Respublikasida oliy talim togrisidagi hujjat deb tan olinadigan diplomi beriladi;Universitet abituriyentlarini qabul qilish va bitiruvchilarining attestatsiyasi Inxa Universiteti (Janubiy Koreya) tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.Qaror bilan Vasiylar kengashi va Toshkent shahridagi Inxa Universitetini yaratish boyicha Idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.Toshkent shahridagi Inxa Universitetida talim va mutaxassislar tayyorlashning asosiy yonalishlari (ixtisosliklari) belgilandi. Bu - kompyuter injiringi, dasturiy injiniring va kompyuter tarmoqlari injiniringi.Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlarga Toshkent shahridagi Inxa Universiteti tasis hujjatlarini tasdiqlash hamda davlat royxatidan otkazishni taminlash topshirildi.Toshkent shahridagi Inxa Universiteti talabalarni 2014/2015 oquv yilidayoq, joriy yil 1 oktyabrdan qabul qilishni rejalashtirmoqda.Inxa Universiteti 1954 yili tashkil etilgan, hozirda unda 20 ming nafardan ziyod talabalar turli ixtisosliklar, jumladan, AKT yonalishi boyicha tahsil oladi. "Joong Ang Ilbo" nashriyoti reytingiga ko‘ra, Universitet muhandislik va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari beshligiga kiradi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan