SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Toshkent shahrida "Yaponiya kinosi kunlari" festivalining rasmiy ochilishi marosimi bo’lib o’tgan kun
2012-03-27

2012 yil 27 mart  kuni Respublika kinochilar uyida “O’zbekkino” Milliy agentligi bilan Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan "Yaponiya kinosi kunlari" festivalining rasmiy ochilishi marosimi bo’lib o’tdi. - Ushbu festival kino san'ati mamlakatlarimiz xalqlari hayotida qanchalik muhim o’rin tutishining isbotidir va u o’zbek tomoshabiniga Yaponiya xalqi va uning hayotini yaqindan bilib olishida yordam beradi.Yaponiyaning O’zbekistondagi elchisi janob Kato Fumihiko "Yaponiya kinosi kunlari" festivalida komediyadan melodramagacha bo’lgan 5 ta kinoasar namoyish etilishini ma'lum qildi hamda birinchi kuni namoyish etiladigan “Sumosi ham jonga tegdi” filmida ikki talabaning qadim tarixga ega bo’lgan sumo kurashi bilan shug’ullanishi haqida hikoya qilishini aytib o’tdi.Elchi janoblarining fikricha, sumo O’zbekistonda Gruziya, Mongoliya yoki Rossiyadagichalik mashhur emas, shuning uchun film o’zbek tomoshabini uchun qiziqarlidir. U kelgusida O’zbekistondan ham mashhur sumochilar yetishib chiqishiga umid bildirdi. - "Yaponiya kinosi kunlari" festivalining o’tkazilishi o’zaro tushunish va do’stona munosabatlarni, shuningdek, Yaponiya bilan o’rtasidagi madaniy almashuvni yanada rivojlantirishga hissa bo’lib qo’shiladi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan